Bobojonov Xikmat Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Immobillangan oksiazoreagentlar bilan qo‘rg‘oshin va rux ionlarini sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K324.
Ilmiy rahbar: Usmanova Xilola Umatalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhit ob’ektlarida qo‘rg‘oshin va rux ionlarini aniqlashning sezgirligi, selektivligi va aniqligi yuqori bo‘lgan sorbsion-lyuminessent usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘rg‘oshinni aniqlash uchun yangi lyuminessent reagent sifatida erioxrom ko‘k-qora R va ruxni aniqlash uchun erioxrom qizil V ligi aniqlangan;
erioxrom ko‘k-qora R va erioxrom qizil V ni turli xil tashuvchilarga immobillashning imkoniyatlari o‘rganildi va erioxrom qizil V ni dekstranning polimer geli Molselect G-15 ga va erioxrom ko‘k-qora R ni Sephadex G-25 ga immobillashning optimal sharoitlari va mexanizmi topilgan;
immobillangan erioxrom ko‘k-qora R va erioxrom qizil V ni fotoprotolitik xossalari topilgan;
immobillangan erioxrom ko‘k-qora R va erioxrom qizil V yordamida qo‘rg‘oshin va ruxni aniqlashda samarali natija ko‘rsatdi. Qo‘rg‘oshin va ruxni qattiq fazali-lyuminessent aniqlash uchun yangi reagent-tashuvchi sistemalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishlab chiqilgan immobillangan oksiazoreagentlar bilan qo‘rg‘oshin va rux ionlarini lyuminessent aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida rux ionlarini aniqlashning sorbsion-fluorimetrik usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Markaziy analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 27 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarda rux ionini aniqlash imkonini bergan;
rux va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlash va ajratish usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» UShKning Markaziy laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» UShKning 2021 yil 20 yanvardagi 36/GK-01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va rux ionlarini aniqlash hamda samarali tozalash imkonini bergan.