Miradullaeva Gavxar Bakpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geterokompozit polimer quyma materiallar va qoplamalarning reologik parametrlari xamda texnologik xossalarini tadqiq etish» 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T593.
Ilmiy rahbar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.l5/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Mirtemir Shodievich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geterokompozit polimer quyma materiallar va qoplamalarning reologik parametrlari xamda texnologik xossalarini tadqiq etish, tarkibi va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktivatsion - geliotexnologiya usulida olingan geterokompozit polimer qoplamalarni reologik xususiyatlarini struktura shakillanishiga ta’siri aniqlangan;
struktura shakllantiruvchi komponentning talab etilgan tarkibi va quyosh energiyasining issiqlik ta’sirini geterokompozit materiallar va qoplamalarning reologik xossalariga polimer aralashmasining qovushqokligini o‘zgarishi natijasida oquvchanligini oshishi tufayli struktura shakillanish jarayonida molekulalarning funksional guruxlarining orientatsiyasi bir tekis taqsimlanishi isbotlangan;
AKT-10 va AKS-30 hamda struktura modifikatori gossipol smolasining miqdori oshishi gel xosil bo‘lish jarayonini vaqtini kamaishiga va to‘ldiruvchining struktura shakillanishiga faol ta’siri natijasida qoplamalarning qalinligini ortishiga olib kelishi bilan izoxlangan;
geterokompozitli aralashmalarning reologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, AKT-10 va AKS-30 mineral to‘ldiruvchilarining kimyoviy tarkibi, kimyoviy struktura shakillantiruvchi modifikator-gassipol smolasining va bog‘lovchi ED-20 ning funksional faol guruxlarining quyosh nuri ta’sirida strukturalanish mexanizmi aniqlangan;
listli konstruksion materiallar yuzasida qoplash uchun kimyoviy strukturaviy modifikatorning kerakli miqdori 6-10 mas.ch, yirik o‘lchamli murakkab konfiguratsiyali texnologik jixozlar uchun 8-12 mas.ch. ekani aniqlangan;
yirik o‘lchamli murakkab konfiguratsiyali texnologik jixozlar konstruksion materiallari ish yuzalarini qoplash uchun maxalliy xomashyolardan foydalanib geterokompozit polimer materiallar asosida qoplamalar tarkibi takomillashtirilib, reologik xusisiyatlaridan kelib chiqgan xolda ularni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geterokompozit polimer quyma materiallar va qoplamalarning reologik parametrlari xamda texnologik xossalarini tadqiq etish, tarkiblarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani birlamchi qayta ishlash texnologik jixozlarining ishchi sirtlari uchun antifriksion qoplamalarning optimal tarkiblari «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJda amadiyotga joriy etilgan («O’ZPAXTASANOAT» AJ ning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada shnekli va pnevmotransportyorlarning ish unumdorligi 10-12% ga oshirish imkonini bergan;
tarkibi takomillashtirilgan geterokompozit polimer quyma materiallar va qoplamalarning reologik xususiyatlarini tartibga solish orqali aktivatsion-geliotexnologiya usuli «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJda amaliyotga joriy etilgan («O’ZPAXTASANOAT» AJ ning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan geterokompozit qoplamalarining qo‘llanilishi texnologik jixozlarning ishlash muddatini 1,3-1,5 barobar oshirish imkonini bergan;
yaratilgan antifriksion - eyilishbardosh geterokompozit polimer material va qoplamalar «QORASUV PAXTA TOZALASH» AJda amaliyotga joriy etilgan («O’ZPAXTASANOAT» AJ ning 2020 yil 18 iyundagi 03-18/1851-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayonning shovqin darajasini 2-3 baravar kamaytirish imkonini bergan.