Almatov Ilxomjon Mirzabek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yonuvchi slanes ma’dani kulidan qimmatbaxo komponentlarni kompleks ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1931.
Ilmiy rahbar: Sagdieva Muyassar G‘aybullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muhiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qurbonov Shamshiddin Kamoldinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aktau, Sangruntau va Boysun konlari yonuvchi slanes ma’dani kulidan qimmatbaho komponentlarni kompleks ravishda ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi texnologik sxema yonuvchi slanes ma’dani kulini olishda issiqlik bilan ishlov berish (piroliz) jarayoniga xlorid natriyning qo‘shilishi optimal rejimi ishlab chiqilgan;
ilk bor yonuvchi slanesni issiqlik bilan ishlov berish (piroliz) jarayoniga xlorid natriyning qo‘shilishi bilan yonuvchi slanes kulidan sul`fat kislotasi yordamida rangli, nodir metallarni va kamyob er elementlarini (KEE) ajratib olinishi ko‘payishi aniqlangan;
sul`fat kislotasidan foydalangan holda gidrometallurgik jarayonlarning optimal parametrlari (eritmaga o‘tkazish, sorbsiya) aniqlangan;
yonuvchi slanes ma’dani kulini kompleks qayta ishlash yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda qimmatbaho metallarni va KEEning ajratib olinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yonuvchi slanes ma’danlari kulini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan yonuvchi slanes ma’danlari kulidan qimmatbaho tarkibiy qismlarni umumiy ajratib olish texnologiyasi «Epsilon development company» MChJ XKning amaliyotiga joriy etilgan («Epsilon development company» MChJ XKning 2020 yil 29 oktyabrdagi 12/1NA-2108-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan texnologiya Sangruntau koni yonuvchi slanesini qayta ishlashda DTIA loyihasining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
murakkab tarkibli yonuvchi slanes ma’daniga natriy xlor qo‘shib issiqlik bilan ishlov berish (piroliz) jarayonidan keyin qoldiq kuliga keyinchalik sulfat kislotali qayta ishlash texnologiyasi «Epsilon development company» MChJ XKda amaliyotga joriy etilgan («Epsilon development company» MChJ XKning 2020 yil 29 oktyabrdagi 12/1NA-2108-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sangruntau koni yonuvchi slanes ma’danidan neft qismini, qimmatli tarkibiy qismlarini ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish