Qirg‘izboev Ma’rufjon Mo‘ydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikning ustuvorligi va uni ixtisoslashtirilgan tartibda rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped450.
Ilmiy rahbar: Aliev Iskandar Baxramovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red 28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida egiluvchanlikni rivojlanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport amaliyotida egiluvchanlik sifatini (egilish-yozilish burchagi va amplitudasi) baholash bo‘yicha joriy etilgan metodik testlar belbog‘li kurash harakatlariga xos tartibda modifikatsiyalashtirilgan va yangi testlar bloki yaratilgan;
turli vazn toifalariga mansub belbog‘li kurashchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni o‘ziga xos yo‘nalishlari (orqaga, o‘ng va chap tomonlarga egilgish hamda burilishlar) usullarini bajarishga sarflanadigan «portlovchi» va «maksimal» kuch miqdorini o‘zgarishi hisobiga optimallashtirilgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda «sust» va «yaxshi» rivojlangan egiluvchanlik darajasini o‘rganish asosida texnik usullarni (raqibni ko‘tarib tashlash) ijro etish xajmi, vaqti va amplitudasini o‘zgarishi hisobiga kurashchilar faoliyatida natijadorlik imkoniyati kengaytirilgan;
belbog‘li kurashchilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni (umurtqa, elka, tos-son) rivojlantiruvchi tabaqalashtirilgan va me’yorlangan (takrorlanish soni, bajarish seriyalari) maxsus mashqlar majmualari texnik usullarni bajarish sur’atini oshirish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlik sifatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida: 
sport amaliyotida egiluvchanlik sifatini baholash metodikasi va belbog‘li kurash harakatlariga xos modifikatsiyalashtirilgan nazorat mashqlari «Belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-324 raqamli guvohnoma). Natijada ahamiyatga ega – mushaklar cho‘ziluvchanligini oshiruvchi usullar texnikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, raqibni ko‘krakdan oshirib tashlash tezligi o‘rtacha 17,8%,  soni esa 23,9% ga yaxshilandi;
bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni o‘ziga xos yo‘nalishlari asosida usullarini bajarishga sarflanadigan «portlovchi» va «maksimal» kuchni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi» nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-324 raqamli guvohnoma). Natijada belbog‘li kurashchilarning egiluvchanlik qobiliyatini rivojlanish darajasi 16,14% ga yaxshilandi;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda «sust» va «yaxshi» rivojlangan egiluvchanlikni texnik usullar tezligi va kuch sifatlariga ta’sir etuvchi kompyuterlashtirilgan «PDSKB-ShER» o‘lchash mexanizmi «Sport pedagogik mahoratini oshirish (belbog‘li kurash)» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan 434-292 raqamli guvohnomasi). Natijada belbog‘li kurashchilarda ramani yuqoriga ko‘tarishda maksimal kuch 12,16% ga, portlovchi kuch esa 10,14% ga hamda ramani pastga bosishda maksimal kuch 23,10% ga, portlovchi kuch esa 15,17% ga yaxshilandi.
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan mashqlar majmuasi «Sport pedagogik mahoratini oshirish (belbog‘li kurash)» nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i,  434-292 raqamli guvohnoma). Natijada musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 17% ga o‘sganligi aniqlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish