Tangriev Alisher Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chuqurlashtirilgan bosqichda yosh dzyudochilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped465. 
Ilmiy rahbar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pulatov Fazliddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh dzyudochilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish vositalarni tanlash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida yosh dzyudochilarning mashg‘ulot mazmunida saralangan bo‘limlarni tizimlashtirish darajasi (YuQS va shiddat zonasi) belgilangan vaqt oralig‘ida tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirishning standart va intervalli aylanma trenirovka vositalarini saralash hisobiga (mashg‘ulotlarda mashqlarni ketma-ketligi, soniyasi va dam olish oraliqlari) takomillashtirilgan;
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh dzyudochilarning musobaqa faoliyatidagi ko‘rsatkichlari asosida tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus-tayyorlov vositalarining vazn toifalari va razryad tasniflari bo‘yicha variativ turlari ishlab chiqilgan;
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida yosh dzyudochilarni tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun saralangan vositalar hujum va qarshi hujum usullari samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan maxsus mashqlar intensivligi tezkor tashlashlar vaqtini o‘zgartirish hisobiga optimal nisbatlari (hujum va himoya ishonchliligi) ishlab chiqilgan;
yosh dzyudochilarni mashg‘ulot jarayonida tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun berilgan maxsus mashqlarni bajarishda har xil sport razryadlariga ega bo‘lgan sportchilar musobaqa faoliyatining mazmuni tik turgan holatda bajariladigan usullarini parterda bajarishga o‘rgatish hisobiga (usullarning miqdori va sifati) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chuqurlashtirilgan bosqichda yosh dzyudochilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida yosh dzyudochilarning mashg‘ulot mazmuni tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish mezonlari (aylanma mashg‘ulotlar metodikasi) takomillashtirilib, taklif va tavsiyalar asosida “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (dzyudo) nomli darslik nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-297 raqamli guvohnoma). Natijada yosh dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligi 13,4%ga va texnik tayyorgarligi 15,8%ga yaxshilangan.
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh dzyudochilarning musobaqa faoliyatida hujum harakatlarining umumiy miqdori vazn ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilib, takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (dzyudo) nomli darslik chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-297 raqamli guvohnoma). Natijada yosh dzyudochilarning musobaqa faoliyatida turli holatdan “okuri-ashi-baray” usulini to‘liq bajarish 27,1%ga yaxshilangan.
chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bosqichida yosh dzyudochilarni tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirishda hujum va qarshi hujum himoya usullarini, samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan maxsus mashqlarning optimal nisbatlari takomillashtirilib, taklif va tavsiyalar “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘iga asosan 133-099 raqamli guvohnoma). Natijada yosh dzyudochilarning hujum harakati 12,4%ga, himoya harakati 12,8%ga, qarshi hujum harakatlari 12,8%ga yaxshilangan.
chuqurlashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot bosqichida hujum, himoya, qarshi hujum harakatlarining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma chop etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘iga asosan 133-099 raqamli guvohnoma). Natijada yosh dzyudochilarning “okuri-ashi-baray” tashlash natijalari 21,2%ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish