Orazimbetova Marjangul Kelimbetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq poeziyasida lirik turkumlarning poetikasi» 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1403.
Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc/PhD.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Matekeev Seytjan Tajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lirik turkum istilohi nazariy sathi, uning kompozision yaxlitlikda tutgan o‘rni, lirik qahramon badiiy tadriji, ifoda timsoliy tafovuti va janriy tasnifini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon adabiyotshunosligida to‘plangan ilmiy tajriba asosida qoraqalpoq she’riyatidagi lirik turkumlar yetakchi nazariy tamoyillari, poetik xususiyatlari o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
qoraqalpoq adabiyotidagi lirik turkumlarning badiiy manbalari xalq og‘zaki adabiyoti, XIX asr mumtoz adabiyotiga borib taqalishi va XX asrning ikkinchi yarmida taraqqiy qilgan adabiy hodisa ekanligi, uning badiiy-estetik qiymati isbotlangan;
lirik turkumlar kompozision strukturasida andoza, uning kirish, xulosa va media bo‘limlari badiiy vazifasi, unda syujet, xronotop namoyon bo‘lish o‘lchami dalolatlangan;
g‘oyaviy-tematik jihatdan bir-biriga bog‘langan lirik turkumlar va shaklan lirik turkumga mansub sonetlar, g‘azallar, to‘rtliklar, erkin she’rlar birikuvining poetik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq she’riyatida lirik turkumlarning poetikasini o‘rganish asosida olingan natijalardan:
qoraqalpoq she’riyatidagi janriy izlanishlar va ularning badiiy tafakkur rivojida tutqan o‘rniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish» (2012-2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalangan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 30 sentyabrdagi 205/1-son ma’lumotnomasi). Joriy ilmiy qarashlarning tatbiq etilishi natijasida qoraqalpoq she’riyati shakliy mundarijasi, lirik turkumlarning o‘ziga xosligi, nazariy jihatlari malakaviy tomondan boyitilgan;
lirik turkumlar badiiy manbalari, muayyan adabiy rivojlanish bosqichlariga oid ilmiy-nazariy qarashlar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq shoirlari hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan tashkil qilinadigan ekspozisiyalar namoyishida, mavjud osori-atiqalar haqidagi tasavvurlarni boyitishda, ekskurs darslarni o‘tishda targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 4-03/1074-son ma’lumotnomasi). Shu asnoda qoraqalpoq nazmida lirik turkumlar tarixiy ildizlari hamda adabiy rivojlanish bosqichlarini joriy etish imkonini bergan;
lirik turkumlarning g‘oyaviy-mavzuiy, janriy hamda shakliy xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalari Qoraqalpog‘iston teleradiokanali «Maurit», «Gavhar so‘zlar», «So‘nmas yulduzlar», «Assalom, Qoraqalpog‘iston» ko‘rsatuvlari va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi 2020 yil 29 sentyabrdagi 01-02.185-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq shoirlari asarlari, ularning lirik turkumlari targ‘ib qilinishiga erishilgan.