Mambetov Ikram Kamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq she’riyatida badiiy shakl va janriy izlanishlar (1930 yillar qoraqalpoq she’riyati misolida)» 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1078.
Ilmiy rahbar: Orazimbetov Quanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc/PhD.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshniyazov Jalg‘asbay Xoshniyazovich – filologiya fanlari doktori (DSc); Qurambaev Karimbay – filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr 30-yillaridagi qoraqalpoq she’r tuzilishi va badiiy shakllarning o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq she’riyati misolida yangi badiiy shakllar va janrlarning paydo bo‘lishi, bu adabiy hadisaning namayon bo‘lishiga ta’sir o‘tkazgan ichki va tashqi omillar hamda lirik shakllarning rivojlanish bosqichlari aniqlangan;
qoraqalpoq she’riyatida she’r tuzilishi tabiati, o‘ziga xosligi, turlari boshqa turkiy xalqlari va jahon adabiyotshunosligida olingan ilmiy xulosalarni hisobga olgan holda nazariy jihatdan tasniflangan;
lirikada band va qofiya turlari o‘rtasidagi uzviy munosabat, ularning she’r estetik ta’sirchanligini taminlashdagi vazifasi va umumiy poetikadagi o‘rni tavsiflangan;
qoraqalpoq she’riyatida an’analarning muayyan davrlarda uzilib qolishi, qayta tiklanishi, rivojlanish tadriji, ilg‘or tajriba bilan birikuv va boyish jarayoni dalolatlangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1930 yillar qoraqalpoq she’riyatida an’ana va izlanishlar maqomi, jumladan, shakliy ifoda va janriy taraqqiyot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
she’riyatda badiiy shakl va janrlarning paydo bo‘lishi va tadriji, shuningdek, qoraqalpoq she’riyatida yangi shakl va janrlarning rivojlanishi bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligida tadqiqotlar» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2020 yil 16 oktyabrdagi 213/1-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr boshlaridagi qoraqalpoq she’riyatida shoirlarning shakliy izlanishlari natijasida paydo bo‘lgan yangi shakllarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga asos bo‘lgan;
XX asr qoraqalpoq she’riyati rivojlanish tamoyillari, she’rlarning kitobxon ma’naviy olamini boyitishda va yosh avlod dunyoqarashini yuksaltirishda, insoniylik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni bilan bog‘liq mulohazalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi «Yodnoma», «Adabiyot bo‘stoni» maxsus ko‘rsatuvlari, «Adabiy portret», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 iyuldagi, 01-02/146-son ma’lumotnomasi). Shu asosda 1930 yillar qoraqalpoq she’riyatidagi badiiy shakl tadriji, ularning mazmun-mohiyati, janriy xususiyatlari, joriy bosqich qoraqalpoq she’riyati turkiy adabiyotda tutgan o‘rni hamda maqomi keng jamoatchilikka taqdim qilingan;
qoraqalpoq shoirlari ijodida yangi badiiy shakl va janriy izlanishlarni belgilashda tadqiqot materiallari ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq milliy muzeyida qoraqalpoq shoirlari ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar yaratishda, mavjud eksponatlarni boyitishda muhim manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 2-04/1030-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz shoirlar ilg‘or ijodiy an’analarining 1930 yillar qoraqalpoq she’riyatida nomoyon bo‘lishi va yangilanishi bo‘yicha materiallar va eksponatlar majmuasi shakllantirilgan.