Izzatillaev Jo‘rabek Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlar», 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T85.
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zbekenergo» AJ Ilmiy-texnika markazi MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Goyibov To‘lqin Shernazarovich texnika fanlari doktori, professor; Boltaev Otabek Tashmuxammatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zenergoinjinering» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlarni yaratishning texnik-iqtisodiy asoslarini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimda elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini baholash va elektr energiya manbalari asosidagi quvvat balansini shakllantirish orqali mikro elektr tizim hamda uning elementlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimdagi elektr stansiyalarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlarda o‘lchashlar natijasida olingan qiymatlarni qayta shakllantirish asosida mikro elektr tizim sutkalik ish rejimining boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlarda elektr energiya iste’molining qisqa muddatli bashoratlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi avtonom mikro elektr tizimlarni yaratish, ularning samaradorligini oshirish va elektr energiya iste’molini bashoratlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimda elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini baholash va elektr energiya manbalari asosidagi quvvat balansini shakllantirish orqali mikro elektr tizim hamda uning elementlarining matematik modeli “Namangan HETK” AJga qarashli Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020-yil 30-sentyabrdagi 03-13-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikro elektr tizimdagi elektr energiya manbalariga ta’sir etuvchi turli iqlimiy omillar va har xil rejimlarni baholash imkonini bergan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimdagi elektr stansiyalarni boshqarish algoritmi “Namangan HETK” AJga qarashli Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 03-13-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikro elektr tizimdagi energiya resurslarni tejash imkoniyati yaratilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlarda o‘lchashlar natijasida olingan qiymatlarni qayta shakllantirish asosida mikro elektr tizim sutkalik ish rejimining boshqarish algoritmi va sutkalik ish rejimini ifodalovchi EHM dasturi “Namangan HETK” AJga qarashli Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 03-13-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizim operatorlari uchun mikro elektr tizimning sutkalik ish rejimlari to‘g‘risida ishonchli axborot berish imkoniyati yaratilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mikro elektr tizimlarda elektr energiya iste’molining qisqa muddatli bashoratlash usuli “Namangan HETK” AJga qarashli Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 03-13-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada elektr energiya iste’molining bashoratlashdagi nisbiy xatolikni 8,33% gacha kamaytirish imkonini bergan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi avtonom mikro elektr tizim “Namangan HETK” AJga qarashli Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 03-13-5198-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona uchun yiliga o‘rtacha 92,132 mln. so‘m miqdorida foyda olish imkonini bergan.