Nabieva Saidaxon Abduvaxabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.3.PhD/Iqt.566.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Teshabaev Tulqin Zokirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida, jumladan Muborak neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida innovatsion salohiyatni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarishni, ayniqsa gazni sioletli tozalash va quritish, gazni birlamchi tayyorlash va neft tayyorlash jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashda tijoratlashtirish salohiyatiga ega bo‘lgan texnologiyalarni ustuvor darajada qo‘llashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
neft, gaz kondensatini qazib olish va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish korxonalari innovatsion salohiyatini rag‘batlantirish mexanizmi yangiliklarni qo‘llash va tijoratlashtirishdan olingan foydaning muayyan qismini mazkur salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirish asoslangan;
neft-gaz sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini rag‘batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi siquv kompressor stansiyalari va gaz haydash agregatlarini modernizatsiyalashda yangiliklarni qo‘llash va kiritish xarajatlari, ularga nisbatan to‘lov qobiliyati layoqati, ilmiy tashkilotlar bilan kooperatsiyaning ustuvorligini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
suyuq uglevodorodlar va tabiiy gazni qazib chiqarish samaradorligini gaz va gazkondensat konlari ilmiy-texnik faoliyatiga xodimlarni tizimli ravishda jalb qilish asosida oshirishni maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ishlab chiqarishni, ayniqsa gazni sioletli tozalash va quritish, gazni birlamchi tayyorlash va neft tayyorlash jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashda tijoratlashtirish salohiyatiga ega bo‘lgan texnologiyalarni ustuvor darajada qo‘llashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 18 oktyabrdagi 338-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 28 dekabrdagi 5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda innovatsiyalarni qo‘llash, ilmiy-texnik natijalarni tijoratlashtirish faoliyati rivojlantirish negizida sinergetik samaradorligini 24% oshirish imkonini bergan;
neft, gaz kondensatini qazib olish va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish korxonalarida yangiliklarni qo‘llash va tijoratlashtirishdan olingan foydaning muayyan qismini innovatsion salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 18 oktyabrdagi 338-son buyrug‘i bilan neft-gaz qazib chiqarish tizimiga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 28 dekabrdagi 5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz qazib chiqarishning ilmiy–texnik va innovatsion faoliyatni ratsional tashkil qilish imkoniyatini yaratgan;
neft-gaz sanoati korxonalari innovatsion salohiyatini rag‘batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi siquv kompressor stansiyalari va gaz haydash agregatlarini modernizatsiyalashda yangiliklarni qo‘llash va kiritish xarajatlari, ularga nisbatan to‘lov qobiliyati layoqati, ilmiy tashkilotlar bilan kooperatsiyaning ustuvorligini e’tiborga olish bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 18 oktyabrdagi 338-son buyrug‘i bilan neft-gaz qazib chiqarish tizimiga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 28 dekabrdagi 5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz qazib chiqarish korxonasining aniq belgilangan innovatsion siyosatini ishlab chiqish hamda korxonani boshqa korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan kooperatsiya jarayoni strategik rejasini maqsadli ishlab chiqilishiga imkon yaratgan holda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining ushbu faoliyatidan olingan daromadning 2020 yild 2019 yilga nisbatan 27,8 mlrd. so‘mga oshirishga imkon bergan;
suyuq uglevodorodlar va tabiiy gazni qazib chiqarish samaradorligini gaz va gazkondensat konlari ilmiy-texnik faoliyatiga xodimlarni tizimli ravishda jalb qilish bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 18 oktyabrdagi 338-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarish tizimiga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJ MNGIChB 2020 yil 28 dekabrdagi 5079-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz va gazkondensat konlari korxonlarida ilmiy-texnik faoliyatni kengaytirish asosida innovatsion muhitni yaratish imkoniyatining 12,4% ga ortishiga imkon yaratilgan.