Matrizaeva Dilaram Yusupbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini boshqarishni takomillashtirish («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi misolida)», 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Iqt.1260.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldashev Nuriddin Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:Samarqand dav lat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining ishlab chiqarish tavsifi jihatidan muayyan guruhlarini korxonaning mulkiy va tashkiliy huquqiy shakli, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar bo‘yicha nisbatan yuqori darajadagi muvofiqligini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish asoslangan;   
qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining umumiy boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirishda korxonalar boshqaruv xarajatlarining umumiy xarajatlar tarkibidagi ulushiga mutanosibligini ta’minlash iqtisodiy samaradorlikning oshishini rag‘batlantirishi asoslangan;
qurilish materiallari sanoatidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtiruvchi bo‘linma tashkil etish orqali tarmoq boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarning rivojlanish tendensiyasi baholanib, 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining ishlab chiqarish tavsifi jihatidan muayyan guruhlarini korxonaning mulkiy va tashkiliy huquqiy shakli, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar bo‘yicha nisbatan yuqori darajadagi muvofiqligini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasitarkibidagi korxonalarning boshqarish faoliyatini tashkil etishdafoydalanilgan  («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 14 avgustdagi 05/15-2850-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarg amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallarini ishlab chiqarishfaoliyati tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sish sur’atlarini 12 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining umumiy boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirishda korxonalar boshqaruv xarajatlarining umumiy xarajatlar tarkibidagi ulushiga mutanosibligini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlik oshishini rag‘batlantirish taklifi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibidagi korxonalarningboshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 14 avgustdagi 05/15-2850-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushma tasarrufidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy samaradorligini 11 foizga oshirishga erishilgan;
qurilish materiallari sanoatidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtiruvchi bo‘linma tashkil etish orqali tarmoq boshqaruv organlari faoliyat samaradorligini oshirish taklifi«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining ma’muriy boshqaruv faoliyatini rejalashtirishga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 14 avgustdagi 05/15-2850-son ma’lumotnomasi). Uyushma korxonalarida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini ta’minlash, boshqaruv organlari o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, Uyushma faoliyati samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarning rivojlanish tendensiyasini baholash asosida ishlab chiqilgan 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining boshqaruv faoliyatini prognoz qilishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 14 avgustdagi 05/15-2850-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida uyushma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2025 yilga qadar rivojlanish tendensiyasi asosida muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish