Xursanov Abdulla Xalmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar va ularni metallurgiya sanoatidagi flotatsiya jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1778.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlarning: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘pik hosil qiluvchilarning samarali tarkibini ishlab chiqish va ularni metallurgiya sanoatidagi flotatsiya jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari organomineral ingredientlarning tabiati, turi, tarkibi va nisbatlariga, shuningdek, rangli va qimmatbaho metall rudalarni flotatsiya jarayonining texnologik omillariga bog‘liqligi asoslangan;
aniqlangan qonuniyatlar asosida mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonida qo‘llash uchun mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilarining organomineral ingredientlari asosida import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
yuqorida keltirilgan flotoreagentlarni (T-66, T-80, T-92 va T-94) almashtirish imkoniyati mumkin bo‘lgan, mavjudligi, arzonligi va samaradorligi bilan ajralib turadigan, mis-molibdenli rudalarini flotatsiya jarayonida, ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarni qo‘llash mumkinligi asoslangan;
rangli va qimmatbaho metall rudalarini flotatsiya qilishda qo‘llash uchun yaratilgan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi vositalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchi vositalarning yangi samarali tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
affinirlangan palladiyni  kukun holida olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20190183). Natijada, kukunsimon affinirlangan palladiyni kimyo sanoatida mikroelektronika sohasida katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
yuqori tozalikdagi molibden tuzlarini molibdenning kondinsialanmagan kuydirilmagan molibdenning yarim maxsulotidan olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 20200144). Natijada, neft gaz sanoatida dizel` distilyatlarini tozalashda takibida molibden saqlagan katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
qimmatbaho komponentlarni ajratib olish qobiliyati yuqori bo‘lgan, arzon, import o‘rnini bosadigan samarali kompozision kimyoviy flotatsion reagentlar-ko‘piklantiruvchi vositalar «Olmaliq KMK» AJning misni boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 12 yanvardagi AU-000289-son ma’lumotnomasi). Natijada, rangli va qimmatbaho metall rudalarni flotatsiya qilish jarayonida mis metalini miqdorini 91,35% gacha ajratib olish imkonini bergan; 
ishlab chiqarilgan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi vositalar «Olmaliq KMK» AJ sharoitida mis-molibdenli rudalarni flotatsiya qilish jarayonida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 12 yanvardagi AU-000289-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi vositalar «Olmaliq KMK» AJga importni qisqartirish, valyuta mablag‘larini tejash kabi iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish