Nurullaeva Dilobar Xamid qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekma suli (Avena sativa L.) mevasini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far38.
Ilmiy rahbar: Farmanova Nodira Taxirovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tillaeva Gulnora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekma suli mevalarini farmakognostik tavsifi asosida olingan quruq ekstraktning standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekma suli mevalari tarkibidagi biologik faol birikmalarining, jumladan polisaxaridlar, flavonoidlar, fenolkarbon kislotalar, vitaminlar va lipidlarning kimyoviy tabiati va miqdori aniqlangan;
ekma suli xomashyosi uchun xos bo‘lgan diagnostik ahamiyatga ega belgilari (koleoriza,  gipokotil`,  buyrakcha,  qalqonchaga qarama-qarshi joylashgan epiblast,  murakkab kraxmal donachalari) va uning sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, shunigdek ekologik tozaligi va qo‘llashdagi xavfsizligi aniqlangan;
ekma suli xomashyosi tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda – polisaxaridlarning to‘planish dinamikasi mevalarning to‘liq etilish davrida  maksimal darajada bo‘lishi aniqlangan;
gipolipidemik ta’sirga ega ekma suli quruq ekstraktining standartlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekma suli (Avena sativa L.) mevasini farmakognostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
«NOVO FARM KOMPLEKT» MChJ bilan hamkorlikda ekma suli mevalari va quruq ekstraktiga KFM loyihalari «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan (Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 4 sentyabrdagi 29/01-325-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatlarni tasdiqlanishi gipolipidemik mahalliy tabiiy vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«AVENA –UZ» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 23650019-003:2020)  «O‘zstandart» agentligi tomonidan va Texnologik  yo‘riqnoma (TI 23650019-003:2020) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «AVENA–UZ» biologik faol qo‘shimchasini sanoat miqyosida ishlab chiqish va  farmatsevtika bozorida mahalliy BFQ assortimentini kengaytirish  imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish