Mamatqulova Kimyoxon Abdujalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmlarini takomillashtirish », 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped510.
Ilmiy maslahatchi: Mirsolieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Vahobov Ma’rufjon Malikovich, pedagogika fanlari doktori; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyasi mazmuni mavjud tendensiyalarga asoslangan o‘sib boruvchi talablar (interatsiyalashuv, axborotlar transformatsiyasi, maktab ta’limidagi strategik maqsadlar)dan kelib chiqqan holda dinamik o‘zgaruvchan ekanligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan;
umumta’lim maktab direktorlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmi boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va malaka talablari asosida kompetentlikning ob’ektiv holatini (tayanch, kasbiy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy) aniqlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab direktorlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish jarayonini tashkil etish mexanizmi kompetentlilik darajasidan kelib chiquvchi kasbiy rivojlantirish dasturlari orqali o‘qitishni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
davriylikka asoslangan malaka oshirish tizimini maktab direktorlari uchun kurslardan keyingi kasbiy-amaliy faoliyat natijalari asosida tabaqalashtirilgan-darajali sertifikatlash tartibini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv samaradorligini oshirishda ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyasi mazmuni davr umumta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyasi mazmuni mavjud tendensiyalarga asoslangan o‘sib boruvchi talablardan kelib chiqqan holda dinamik o‘zgaruvchan ekanligiga doir ilmiy takliflar asosida Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 396-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda tizim mas’ul xodimlarining asosiy vazifalari bo‘yicha tavsiyanoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02-02/4-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish ta’lim mazmuni maktab direktorlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yilgan talablar asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab direktorlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmi boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar hamda malaka talablari asosida kompetentlilikning ob’ektiv holatini (tayanch, kasbiy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy) aniqlash orqali takomillashtirishga doir ilmiy takliflar asosida Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 396-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda tizim mas’ul xodimlarining asosiy vazifalari bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02-02/4-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlarining malaka oshirish mazmunini shakllantirishning ehtiyojlarga asoslangan holda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan;
umumta’lim maktab direktorlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish jarayonini tashkil etish mexanizmi kompetentlilik darajasidan kelib chiquvchi kasbiy rivojlantirish dasturlari orqali o‘qitishni tashkil etish orqali takomillashtirishga doir ilmiy takliflar asosida Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 27 apreldagi 110-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarining onlayn va oflayn shakllarda masofadan malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha muvaqqat yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02-02/4-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlangan holda masofadan onlayn va oflayn shakllarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan;
davriylikka asoslangan malaka oshirish tizimini maktab direktorlari uchun kurslardan keyingi kasbiy-amaliy faoliyat natijalari asosida tabaqalashtirilgan-darajali sertifikatlash tartibini joriy etishga doir takliflaridan “Xalq ta’limi tizimi rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish tartibi”ni takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02-02/4-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kursi sertifikatlarini maktab direktorlarining kursdan keyingi “Yo‘l xaritasi” ijrosi (6 oylik faoliyati) natijalari asosida berish amaliyoti joriy etilgan;
tadqiqot natijalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 9 martdagi 74-con buyrug‘iga asosan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va YuNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikdagi 2019 yil 10 dekabrdagi № 01/11-01/01-2556 (RTM) va №591 (YuNISEF) raqami bilan ro‘yxatga olingan “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish” nomli loyihasi doirasida yaratilgan Milliy o‘quv dasturi loyiha materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02-02/4-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktablar uchun mo‘ljallangan Milliy o‘quv dasturini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish imkoni yaratilgan.