Najimov Iskander Perdebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt883.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iktisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash borasida taklif va tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada qurilish materiallari sanoatini barqaror va samarali rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida sohada turli mulkchilik shakllariga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qurilish materiallari sanoatida sinergetik natijaga erishish va sohani barqaror rivojlantirishning samarali boshqaruvi yuzasidan  hududiy innovatsion klasterni yaratish taklif etilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarini samarali rivojlantirishda past sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ulushini jadal pasaytirib borish va sohada mehnat unumdorligini jadal oshirib borish zarurati asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish asosida 2025 yilga qadar rivojlantirishning ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada qurilish materiallari sanoatini barqaror va samarali rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida sohada turli mulkchilik shakllariga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi borasidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/712-son ma’lumotnomasi). Natijada, sohada faoliyat yurituvchi mintaqadagi qurilish materiallari sanoati korxonalari samaradorligini 10-12  foizga oshirishga erishilgan;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida hududiy innovatsion klaster tashkil etish asosida  sohaning institusional asoslarini takomillashtirish borasidagi taklifi kelajakda qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etish uchun qabul qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/712-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida soha korxonalarining o‘rtacha yillik daromadi 14 foizga oshishi prognoz qilingan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarini samarali rivojlantirishda past sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ulushini pasaytirib borish va sohada mehnat unumdorligini jadal oshirib borish zarurati borasidagi taklifi soha korxonalari  amaliyotiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/712-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etish natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sishi 20 foizni tashkil etgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish asosida 2025 yilga qadar rivojlantirishning ssenariylari borasidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining sanoat va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘limida tarmoqlar va hududlar rivojlanishini prognozlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/712-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mintaqada qurilish materiallari sanoatining samaradorligini oshirish va ular hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan dastaklarni tanlash imkoniyati yaratilib, mintaqada sanoat materiallarini ishlab chiqarish hajmi 2025 yilga borib 32,1 foizga oshishi  aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish