Gayibova Sabina Narimanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sinarozidning siklodekstrinlar bilan suvda eriydigan komplekslarning tuzilishi va biologik faolligini o‘rganish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V473.
Ilmiy rahbar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tagayalieva Nigora Abdunabievna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siklodekstrinlar turi hamda komplekslarini olish usullarini sinarozidning biologik faolligi va olingan komplekslarning tuzilishiga solishtirma ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
γ-SD ishtirokida sinarozidning eruvchanligidagi fazali profil` V-tipga mos, 2-GP-β-SD ishtirokida esa sinarozidning eruvchanligidagi fazali profil` AL-tipga mosligi aniqlangan;
γ-SD va 2-GP-β-SD ishtirokida sinarozidni suvda eruvchanligi ortishi hamda bug‘latish, liofiol quritish va mexanik aralashma usullari bilan sinarozid/γ-siklodekstrin va sinarozid/2-gidroksipropil-β-siklodekstrin komplekslari olingan va tuzilishi fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
sinarozidning siklodekstrin bilan komplekslar individual sinarozidga nisbatan yuqoriroq relaksant hususiyatni namoyon qilishi aniqlangan;
sinarozidning siklodekstrin bilan komplekslar individual komponentlarga nisbatan yuqoriroq darajada jigar mitoKATF-kanalini faollashtirishi aniklangan;
sinarozidning siklodekstrin bilan komplekslar individual sinarozidga nisbatan DFPG barqaror radikali, NO radikali, Fe2+/askorbat tizimi bilan chaqirilgan membranalardagi lipidlarni perekisli oksidlanishini kuchliroq ingibirlashi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sinarozidni siklodekstrinlar bilan komplekslar olish va ularning biologik faolligini skrining qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sinarozid va uning komplekslari kalamush aorta preparatining qisqarish faolligiga ta’siri FA-F-6 raqamli «Yurak-qon tomir hujayralari istiqbolli nishonlarini modulyasiya mexanizmlarining kompleks tavsifi» fundamental loyihasida biologik aktiv moddalarning yurak-qon tomir hujayralariga ta’sirlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 10 dekabrdagi 4/1255-2770-son ma’lumotnomasi). Natijada, siklodekstrinlar bilan olingan komplekslar yuqori relaksant xususiyatni namoyon qilishi imkonini bergan;
sinarozidning siklodekstrinlar bilan eruvchanligi oshishi sinarozidning neyroprotektiv xususiyatlarni yaxshilash usullaridan Barselona avtonom universitetining (Ispaniya) «Dori moddalarni etkazish uchun polimer nanotashuvchilar»  loyihasida siklotekstrin komplekslari asosida moddalarni etkazib beradigan nanotuzilishlarning muvofiqligini aniqlashda foydalanilgan (Barselona avtonom universitetining (Ispaniya), 2020 yil 19 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, sinarozid/siklodekstrin komplekslarining biologik faolligini aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish