Botirov Fayzullajon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonadagi axborotni himoyalashning ko‘pagentli intellektual usullarini ishlab chiqish», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1941.
Ilmiy rahbar: [Bekmuratov Tulkun Fayzievich], akademik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Juraev Gayrat Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborotni himoyalash tizimining samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ko‘pagentli intellektual usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonadagi axborotni ximoyalashning uch sathli mexanizmini hisobga olgan holda ko‘pagentli intellektual tizim konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
uch sathli himoya mexanizmining maqsadlar daraxti asosida axborotni himoyalashning intellektual tizim arxitekturasi ishlab chiqilgan;
korxonadagi axborotga bo‘ladigan tahdidlarni hosil bo‘lish chastotasi asosida ta’sir darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tarmoq hujumlarini aniqlashning neyron tarmoq usuli va algoritmi signaturali tahlilga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
foydalanuvchilarni oldingi harakatlaridan kelib chiqqan holda keyingi harakatlarini bashoratlovchi interaktiv va seans modellar asosida tarmoq anomaliyalarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonadagi axborotni himoyalashning ko‘pagentli intellektual usullari hamda dasturiy vositalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonadagi axborotni himoyalash jarayonida signaturali tahlilni qo‘llagan holda hujumlarni aniqlashning neyron tarmoq usulining dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik tijorat Xalq banki» bosh amaliyotlar boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 33-8/7051-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi korporativ tarmoqda DoS hujumlarni aniqlashda 94,7% aniqlik va 5,3% xatolik, U2R hujumlarni aniqlashda 91,4% aniqlik va 8,6% xatolik, R2L hujumlarni aniqlashda 93,6% aniqlik va 6,4% xatolik, Probe hujumlarini aniqlashda 95,8% aniqlik va 4,2% xatolik bilan tarmoq hujumlarini aniqlash imkonini bergan;
korxonadagi axborotni himoyalash jarayonida tahdidlarni tahlillash usulining dasturiy vosita  «UNICON.UZ» Davlat unitar korxonasi – Fan  – texnika va marketing tadqiqotlari markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 33-8/7051-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tashkilotning lokal tarmog‘iga bo‘ladigan hujumlarni aniqlashda xatoliklar haqida tizim ma’murini ogohlantirish imkoniyati yaratilgan;
interaktiv va seans modellari asosila tarmoq anomaliyalarini aniqlashning dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 33-8/7051-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi korporativ tarmoqdagi hujumlarni 94,3% aniqlik va 5,7% xatolik bilan aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish