Abdullaev Akmal Gadaymurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlarning sotsial mobilligini takomillashtirish mexanizmlari»): 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Sots15. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Dsc.20/30.12.2019.S.23.04.
Ilmiy maslahatchi: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor; Oqiljon Utkurovich Abduazimov, sotsiologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlarning sotsial mobilligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va O‘zbekistonda yoshlar sotsial mobilligi mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi sotsial mobillik kanallari (oila va nikoh, ta’lim, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar, migratsiya) orqali yoshlarning sotsial mobilligini tartibga solishda ijtimoiy boshqaruv (mahalla, xotin-qizlar, yoshlar tuzilmalari hamda boshqa nodavlat tashkilotlar) institutlarining islohotlar tashabbuskori sifatida namoyon bo‘lish miqyosini kengaytirish zarurati isbotlangan;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali yoshlar sotsial mobilligiga ta’sirini aniqlashning (yoshlarning shart-sharoitlardan qoniqish yoki qoniqmasligi, ta’lim olishga intilishi, kasbiy takomillashuvi) affilyativ motivlari (kommunikativlik, o‘zaro ishonch munosabatlarini yaratish, muloqot, do‘stlar orttirish) asoslab berilgan; 
yoshlarning sotsial mobilligi mexanizmlarini tadqiq etish asosida uning tarkibiy elementlari (barqaror demografik vaziyat, yoshlarga hamda yosh oilalarga munosib maishiy va ijtimoiy sharoitlar, mu’tadil daromad, erkin tadbirkorlik muhiti, bandligi va mustaqil bandligini ta’minlanish holati) hamda yoshlarning sotsial mobillik jarayonlaridagi sotsial portreti (motivlar, qadriyatlar, harakatchanlik sub’ektining intilishlari, xulq-atvori, salomatligi, jismoniy va aqliy qobiliyatlari) ochib berilgan; 
besh muhim tashabbus (madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish) orqali o‘sib kelayotgan avlodni faollashtirish, turli illatlarga qarshi immunitetini shakllantirishda yoshlarning intellektual va ijtimoiy mobillik intensivligini ta’minlashning ahamiyati ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlarning sotsial mobilligini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi sotsial mobillik kanallari (oila va nikoh, ta’lim, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar, migratsiya) orqali yoshlarning sotsial mobilligini tartibga solishda ijtimoiy boshqaruv (mahalla, xotin-qizlar, yoshlar tuzilmalari hamda boshqa nodavlat tashkilotlar) institutlarining islohotlar tashabbuskori sifatida namoyon bo‘lish miqyosini kengaytirish zarurati isbotlanganligi ma’lumotidan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2018 yil ish rejasining 6.10, 6.14, 6.19 bandlarini tayyorlashda, shuningdek,  «O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy kayfiyati» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotda foydalanilgan (O‘zMTDPning 2019 yil 13 martdagi 01-136-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlar sotsial mobilligini takomillashtirishga, yoshlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni partiya tashkilotlari tomonidan takomillashtirishga xizmat qilgan. Ushbu taklif va tavsiyalar partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasiga taqdim etilgan;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali yoshlar sotsial mobilligiga ta’sirini aniqlashning (yoshlarning shart-sharoitlardan qoniqish yoki qoniqmasligi, ta’lim olishga intilishi, kasbiy takomillashuvi) affilyativ motivlari (kommunikativlik, o‘zaro ishonch munosabatlarini yaratish, muloqot, do‘stlar orttirish) asoslab berilganligidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2018 yilda «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq, ijtimoiy yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketada «A» blokida 4 ta, «V» blokida 4 ta, «S» blokida 3 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 20 maydagi 01-16/186-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali yoshlar sotsial mobilligiga ta’sirini aniqlash orqali yoshlarning hayotiy qadriyatlarini, axloqini, ijtimoiy yo‘nalishlarini bashorat qilishda va tegishli tashkilotlar va organlarga taklif va tavsiyalar berish imkonini bergan; 
yoshlarning sotsial mobilligi mexanizmlarini tadqiq etish asosida ularning tarkibiy elementlari (barqaror demografik vaziyat, yoshlarga hamda yosh oilalarga munosib maishiy va ijtimoiy sharoitlar, mu’tadil daromad, erkin tadbirkorlik muhiti, bandligi va mustaqil bandligini ta’minlanish holati) hamda yoshlarning sotsial mobillik jarayonlaridagi sotsial portreti (motivlar, qadriyatlar, harakatchanlik sub’ektining intilishlari, xulq-atvori, salomatligi, jismoniy va aqliy qobiliyatlari) ochib berilganligidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2018 yilda «Ijtimoiy taraqqiyot va ta’lim jarayoni» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 20 maydagi 01-16/186-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalardan foydalanish O‘zbekistonda yoshlarni sotsial mobillik jarayonida yoshlarga hamda yosh oilalarga munosib maishiy va ijtimoiy sharoitlar, mo‘’tadil daromad, erkin tadbirkorlik muhiti, bandligi va mustaqil bandligini ta’minlash holatini ochib berish imkonini bergan;
besh muhim tashabbus (madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish) orqali o‘sib kelayotgan avlodni faollashtirish, turli illatlarga qarshi immunitetini shakllantirishda yoshlarning intellektual va ijtimoiy mobillik intensivligini ta’minlashning ahamiyati ochib berilganligi ma’lumotidan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 3 yanvardagi 01-03/18-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilga mo‘ljallangan  ish rejasining V. Yoshlarga munosib mehnat shart- sharoitlarini yaratish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishining 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, shuningdek, 2019 yil mart oyida o‘tkazilgan «Ijtimoiy boshqaruv va kasbiy takomillashuv» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Itiffoqining 2019 yil 24 maydagi 04-13/2604-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar yoshlarni sotsial mobilligi jarayonning samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishda o‘z samarasini ko‘rsatgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish