Fayziev Diyor Davronovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glisirrizin va uning hosilalarining hujayra hajm boshqarilishi va anion transportiga ta’sirini o‘rganish», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V297.
Ilmiy rahbar: Kurbannazarova Ra’noxon Sharapovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori; Kamburova Venera Seytumerovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glisirrizin va uning hosilalarining hujayra hajm boshqarilishi va hajmga bog‘liq anion kanallarining faolligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glisirrizin va uning hosilalarini gipoosmotik stress sharoitida timotsitlar hajm boshqarilishiga ta’siri va ular ichidan kuchli ingibirlovchi ta’sirga ega moddalar aniqlangan;
noelektrik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektrofiziologik petch-klamp metodi yordamida glisirrizin va uning hosilalarini hamda gossipol moddasining hujayra hajm boshqarilishiga ta’sir mexanizmi aynan hajmga bog‘liq anion kanali blokadasi tufayli amalga oshirilishi isbotlangan; 
izoosmotik sharoitda odam eritrotsit hujayralaridan gemoglobin chiqishiga glisirrizin va uning hosilalarini ta’siri va β-glisirret kislotasining mo‘’tadil gemolitikka ega ekanligi aniqlangan, β-glisirret kislotasi ta’sirida kechuvchi gemoliz, membranada poralar hosil qilishi tufayli kolloid-osmotik mexanizm orqali amalga oshishi isbotlangan;
glisirret kislotasining ion kanallari hosil qilishi hamda sun’iy membranalarning elektr o‘tkazuvchanligini oshirishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Glisirrizin va uning hosilalarining hujayra hajm boshqarilishi va anion transportiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
glisirrizin va uning hosilalarining hujayra hajm boshqarilishi va anion transportiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan A-11-10 raqamli «Mitoxondrial kasalliklarga qarshi dori preparati yaratish va ishlab chiqarish» mavzusidagi amaliy loyihada glisirrizin kislotasi supramolekulyar birikmalarining kalamush jigari mitoxondriyalarida antioksidant ta’sirini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4300-son ma’lumotnomasi). Natijada, mitoxondrial kasalliklarni davolash uchun asos bo‘ladigan yangi biologik faol moddalarni aniqlash imkonini bergan.
shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) o‘simligidan ajratib olingan glisirrizin va uning hosilalarini hujayra hajm boshqarilishi va anion transportiga ingibirlovchi ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan FPFI T.2-18 raqamli «2-alkil(aril)-5-amino 1,3,4-tiadiazol qoldig‘ini tutgan ayrim tabiiy triterpen kislotalari hosilalarining biologik faolligi» mavzusidagi loyihada ayrim tabiiy triterpen kislotalari hosilalarining biologik ta’sirini oydinlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 4/1255-1422-son ma’lumotnomasi). Natijada, ayrim tabiiy triterpen kislotalari hosilalarining membranafaol xususiyatlarini tavsiflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish