Jo‘raeva Nodiraxon Qurbonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uy-joy kommunal sohasi faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1172.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zohidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uy-joy kommunal sohasi faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy kommunal sohasi faoliyatini boshqarish muayyan hududuy-joy kommunal xizmatlari iste’molchilari tomonidan xizmat sifatini davriy baholash natijalari asosida uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha talablarning bajarilishini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
past rentabelli kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat-xususiy sherikchilik shaklida tashkil etish orqali uy-joy kommunal sohasi faoliyatining tashkiliy samaradorligini oshirish asoslangan;
ko‘p xonadonli uy-joy fondidan samarali foydalanish va tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solishda hududiy nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda uy-joy kommunal sohasi asosiy faoliyatidagi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosida 2024 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uy-joy kommunal sohasi faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uy-joy kommunal sohasi faoliyatini boshqarishni muayyan hududuy-joy kommunal xizmatlari iste’molchilari tomonidan xizmat sifatini davriy baholash natijalari asosida uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha talablarning bajarilishini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidagi tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil
4 noyabrdagi 05/03-3766-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish yo‘nalishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, uy-joy kommunal xizmatlari hamda uy-joy kommunal xizmatlari bozori elementlarini tasnif asosida ajratib olish imkoniyatini yaratgan;
past rentabelli kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat-xususiy sherikchilik shaklida tashkil etish orqali uy-joy kommunal sohasi faoliyatining tashkiliy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-son “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining “Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish” yo‘nalishidagi vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 05/03-3766-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi uy-joy kommunal sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning samaradorligini ta’minlash imkoniyatini yaratgan;
ko‘p xonadonli uy-joy fondidan samarali foydalanish va tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solishda hududiy nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-son “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining “Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish” yo‘nalishidagi vazifalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 05/03-3766-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ko‘p xonadonli uy-joy fondidan samarali foydalanish va tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solish samaradorligini ta’minlash imkoniyatini yaratgan;
O‘zbekistonda uy-joy kommunal sohasi asosiy faoliyatidagi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosidaishlab chiqilgan 2024 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli iqtisodiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 05/03-3766-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi faoliyat ko‘rsatayotgan uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarni yangi asosda tashkil etish orqali tizimda tranzaksiya xarajatlarini 30%gacha qisqartirish, etkazib berilayotgan kommunal resurslar yo‘qotilish darajasini o‘rtacha 15%gacha pasaytirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini belgilangan strandartlarga mosligini ta’minlash imkonini bergan.