Berdimuratova Gulnaz Murat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud hokimiyatini isloh qilishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari», 12.00.02 – “Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu293.
Ilmiy rahbar: Xusanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ollamov Yarash Yuldashevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud hokimiyatini isloh qilishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari, Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimiyat organlari qarorlari ustidan konstitusiyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyaviy sudini tashkil qilish zaruriyati asoslab berilgan;
Konstitusiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash doirasida sud-huquq munosabatlarini nazorat qilishning o‘ziga xos turi sifatida jazolarni va boshqa jinoiy-huquqiy choralarni ijro etish tartibi va shartlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish taklifi asoslantirilgan;
sud hokimiyatining konstitusiyaviy-huquqiy mohiyatini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida odil sudlovni amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolarni faol jalb qilish zarurligi isbotlangan;
sud hokimiyati shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi samarodarligini oshirish sharoitida Jo‘qorg‘i Kengesning Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sud`yalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sud`yalari lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod etish vakolatini  Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumiga o‘tkazish asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud hokimiyatini isloh qilishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini ishlab chiqishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyaviy sudini tashkil qilish, sud-huquq munosabatlarini nazorat qilishning o‘ziga xos turi sifatida jazolarni va boshqa jinoiy-huquqiy choralarni ijro etish tartibi va shartlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirishga doir taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-Ijroiya kodeksining 43 va 46-moddalarining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2020 yil 6 iyuldagi 17/1–20-573-son ma’lumotnomasi). Natijada, sud hukmi va boshqa jinoiy-huquqiy choralar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, mahkumlar va boshqa shaxslarning, jazolarni va boshqa jinoiy jazolarni ijro etuvchi organlar va muassasalarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyatini sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida odil sudlovni amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirishda fuqarolarning faol ishtirokiga doir taklif va tavsiyalardan "Konstitusiyaviy huquq" nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-246 raqamli guvohnoma). Natijada, “5240100  - yurisprudensiya (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat havfsizligini ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi talabalarining sud-huquq jarayonidagi islohotlar tug‘risidagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishiga erishilgan;
Jo‘qorg‘i Kengesning Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sud`yalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sud`yalari lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod etish vakolatini Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumiga o‘tkazishga doir  takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining 85-moddasi 8-bandi va 70-modda 8-bandiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 25 avgustdagi 03-380-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud tizimini shakllantirishning yanada samarali mexanizmini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish