Siddiqov Rasuljon O‘ktamovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlanuvchi sanoat robotlarini optimal boshqarishning matematik modellari va algoritmlari», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T681.
Ilmiy rahbar: Onorboev Bahodirjon Ochilboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Kubaev Sayidazim Tashbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlanuvchi sanoat robotini modellashtirish, berilgan harakat fazosida optimal boshqarish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlanuvchi sanoat robotning harakat tenglamasi tuzilgan va ehtimollar nazariyasi elementlaridan foydalangan holda sanoat robotning bajaruvchi mexanizmini fazoviy joylashish holatlarini matematik modeli va algoritmlari ishlab chiqilgan;
sanoat robotning o‘zgaruvchan sharoitlarda harakati asosida boshqaruv fazosi va unda chegaralangan, uzluksiz boshqarish funksiyasining mavjudligi isbotlangan;
sanoat robotning o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatida energiya resurslaridan samarali foydalanishning matematik modeli ishlab chiqilgan; 
kichik parametrik og‘ishishlarni to‘g‘ri va ergashgan baholashlarini hisobga olgan holda o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlanuvchi SRning sezuvchanligini oshiruvchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlanuvchi sanoat robotlarini optimal boshqarishning matematik modellar va algoritmlari uchun ishlab chiqilgan model, algoritm va dasturiy vositalar asosida:
robotni o‘zgaruvchan sharoitlarda fazoviy operatsiyalarni amalga oshirishini ta’minlashga yo‘naltirilgan boshqaruv algoritmlari va dastur vositalari «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik texnologik markazi» va «Integral avtomatika servis» MChJga joriy etilgan («O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING» AJning 2019 yil 15 yanvardagi AR 19-02/87-son ma’lumotnomasi). Natijada, SRning sensorli boshqaruvga ega sinfi uchun texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishda material-energiya resurslari sarfini 10% kamaytirish imkonini bergan; 
dasturiy vositalar ishlab chiqarishning robototexnik tizimlar bilan jixozlangan tarmoqlarida sezgirlikni oshirish hamda xarakatlanishda energiya tejamkorligiga erishish uchun qo‘llanilgan («O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING» AJning 2019 yil 15 yanvardagi AR 19-02/87-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonlarni loyihalashda ishlov berishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 15% oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish