Sattorov Alisher Xasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik faoliyatining ko‘p pog‘onali tizimini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt589.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik faoliyatining ko‘p pog‘onali tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
audit xizmatlari bozorida auditorlik tashkilotlariga ustav kapitalining miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda auditorlik faoliyatini yuritish orqali audit ish sifatini ta’minlash asoslangan;
muayyan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda auditorlik faoliyatini ketma-ket etti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda  o‘tkazish asosida auditorlik tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish taklif etilgan;
audit ish sifatini har uch yilda kamida bir marta tashqi nazoratdan o‘tkazish orqali auditorlik faoliyati samaradorligini baholash zarurligi asoslangan;
auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari tarkibini umumiy, ishchi, hisobot va maxsus guruhlarga ajratish asosida shakllantirish orqali xalqaro audit standartlariga muvofiqlashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Auditorlik faoliyatining ko‘p pog‘onali tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
audit xizmatlari bozorida auditorlik tashkilotlariga ustav kapitalining miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda auditorlik faoliyatini yuritish orqali audit ish sifatini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son Qarorida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi №06/04-02-01-32/1770-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan auditorlik tashkilotlari ish faoliyatini kengaytirish va ular o‘rtasida sog‘lom raqobatning yuzaga kelishi imkoniyati yaratilgan; 
muayyan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda auditorlik faoliyatini ketma-ket etti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda  o‘tkazish asosida auditorlik tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son Qarorida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi №06/04-02-01-32/1770-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi auditorlik tashkilotlari moliyaviy barqarorligining oshishiga hamda ushbu faoliyat turini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan; 
audit ish sifatini har uch yilda kamida bir marta tashqi nazoratdan o‘tkazish orqali auditorlik faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son Qarorida o‘z aksini topgan (Moliya vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi №06/04-02-01-32/1770-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2020 yil 24 iyuldagi 26-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi auditorlik tashkilotlari ishi sifatini oshirish, axborotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlanishiga xizmat qilgan.
auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari tarkibini umumiy, ishchi, hisobot va maxsus guruhlarga ajratish asosida shakllantirish orqali xalqaro audit standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining 2020 yil 24 iyuldagi 26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi auditorlik tekshiruvlari sifatining oshishiga, ularga sarflanadigan vaqt va xarajatlarning qisqarishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish