Quvvatov G‘olibjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy hisobot elementlarini prognozlash va ularning retrospektiv tahlilini  takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt342.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  moliyaviy hisobot elementlarini prognozlash va ularning retrospektiv tahlilini  takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobot elementlarining retrospektiv tahliliga “investision jozibadorlik”, “risklarga bardoshlik” ko‘rsatkichlarini kiritish va aniqlash uslubi taklif etilgan;
moliyaviy hisobotni oraliq, jamlangan, alohida turlarini tahlil etish orqali samaradorlik va natijaviylikning statik hamda dinamik ko‘rsatkichlarini prognoz qilish asoslangan;
moliyaviy holat, foyda va zararlar, pul oqimlari prognoz hisobot shakllari ishlab chiqilgan va ulardan istiqbolli tahlilda foydalanish taklif etilgan;
moliyaviy holatni qiyosiy tahlil etishning segmentli uslubi ishlab chiqilgan hamda asosiy faoliyat va biznesni strategik rivojlantirishni uzviy aloqadorlikdagi tahlil metodi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisobot elementlarini prognozlash va ularning retrospektiv tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy hisobot elementlarining retrospektiv tahliliga “investision jozibadorlik”, “risklarga bardoshlik” ko‘rsatkichlarini kiritish va aniqlash uslubi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ tomonidan tahlil o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning 2020 yil 12 avgustdagi 14/2760-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining tor va cheklangan doiradagi qiziqishlari yuzasidan doimiy va potensial investorlar, kreditorlarga qarorlar qabul qilishda keng imkoniyatlar beradigan muhim moliyaviy indikatorlarni o‘rganish va shu orqali samarali boshqaruv qarorlarini tayyorlashga, faoliyatni istiqbolga yo‘naltirilgan menejment boshqaruvini yo‘lga qo‘yishga imkon beruvchi iqtisodiy dastaklarga ega bo‘lingan;
moliyaviy hisobotning oraliq, jamlangan, alohida turlarini tahlil etish orqali samaradorlik va natijaviylikni statik hamda dinamik ko‘rsatkichlarini prognoz qilish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning 2020 yil 12 avgustdagi 14/2760-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tarmoq va sohalar bo‘yicha rivojlanish va taraqqiyotni belgilashning muhim indikatorlari bo‘lgan (o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik, uzviylikdagi), biznes va faoliyat maqsadiga erishishda boshqaruv menejmentini yo‘lga qo‘yishda muhim dastakka ega bo‘lingan;
moliyaviy holat, foyda va zararlar, pul oqimlari prognoz hisobot shakllari  va ulardan istiqbolli tahlilda foydalanish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ tomonidan prognozli moliyaviy hisobot tuzishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning 2020 yil 12 avgustdagi 14/2760-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognozli moliyaviy hisobotni (pul oqimi, foyda va zararlar, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarni) tayyorlashning umumbelgilangan va xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan muhim normalarini (nizomlari, yo‘riqlari, tartiblari)ni ishlab chiqish, tahlil qilish va prognozlashning tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy samaradorlikka erishishda biznes tahlilni yo‘lga qo‘yishning  kelajakka yo‘naltirilgan strategik tahlilini tashkiliy, uslubiy apparati shakllantirilgan;
moliyaviy holatni qiyosiy tahlil etishning segmentli uslubi hamda asosiy faoliyat va biznesni strategik rivojlantirishni uzviy aloqadorlikdagi tahlil metodi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ tomonidan qiyosiy tahlil qilish jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning 2020 yil 12 avgustdagi 14/2760-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalarida investision jozibadorlik, kreditga qobiliyatlilik, iqtisodiy nochorlik ehtimollarini baholash orqali, qiziquvchilarning keng doirasi uchun  maqbul qarorlar qabul qilishda, moliyaviy xavfsizlikni  ta’minlashning kelajakka yo‘naltirilgan sifatli analitik xizmatlarni yo‘lga qo‘yishning aniq dastaklariga ega bo‘lingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish