Shaymerdenov Aset Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «VVR-K reaktori faol zonasining kam boyitilgan uran yoqilg‘isi bilan ishlaganda foydalanish tartibini hisoblash va tajribaviy izohlash», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (fizika-matematika fanlari).
Ilmiy rahbar: Shamanin Igor` Vladimirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori,professor, akademik; Baytelesov Sapar Akimovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Milliy universiteti, Olmaota, Qozog‘iston.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi VVR-K reaktorining yangi turdagi VVR-KN issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar yangi dizayni bilan xavfsiz ishlashi uchun tajribaviy hisob-kitobni asoslash va reaktorning ekspluatatsiya va tajribaviy xususiyatlarini taxminiy yaxshilanishini tasdiqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaktor faol zonasining eng yaxshi konfiguratsiyasini tanlash algoritmi taklif kilingan;
reaktorni konversiya paytida uning xavfsizligini asoslashning ilmiy-texnik metodologiyasi taklif qilingan;
birinchi marta VVR-KN turdagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalarning ishchi xususiyatlari buyicha eksperimental ma’lumotlar olingan;
neytronlarni samarali ko‘paytirish koeffisienti kritik massa yig‘ilida faol zonaga joylashtirilgan VVR-KN turdagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar soniga eksperimental bog‘liqligi aniqlangan;
berilliy reflektorining reaktor faol zonasidagi kechikuvchi neytronlarning oqimiga ta’siri aniqlangan;
reaktor faol zonasining VVR-KN va VVR-S turdagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar bilan aralashtirilgan neytron-fizik xususiyatlari eksperimental ma’lumotlar bilan taqqoslash asosida tekshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
VVR-K reaktori faol zonasining kam boyitilgan uran yoqilg‘isi bilan ishlaganda foydalanish tartibini hisoblash va tajribaviy izohlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif qilingan reaktor faol zonasining eng yaxshi konfiguratsiyasini tanlash algoritmi va reaktorni konversiya paytida uni xavfsizligini asoslashning ilmiy-texnik metodologiyasi Qozog‘iston Respublikasi xalqaro majburiyatlari doirasida Energetika Vazirligi huzuridagi Yadro fizikasi institutining yadroviy qurilmalarni (VVR-K tadqiqot reaktori va kritik stendi) kam boyitilgan yoqilg‘iga o‘tish jarayonida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi Yadro fizikasi institutining 2019 yil 19 avgustdagi 34-15.08-12/1191-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi VVR-K tadqiqot reaktorini kam boyitilgan uran yoqilg‘isiga o‘tkazish xavfsizligini asoslashga imkon bergan;
VVR-KN turidagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar ishchi xususiyatlari, neytronlarni samarali kupaytirish koeffisientining faol zonaga joylashtirilgan VVR-KN turidagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar soniga bog‘liqligi, reaktor faol zonasining VVR-KN va VVR-S turdagi issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar bilan aralashtirilgan neytron-fizik xususiyatlarini tekshirish buyicha olingan ma’lumotlar Energetika Vazirligi huzuridagi Yadro fizikasi institutida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida yoqilg‘i va yadroviy reaktorlarning tarkibiy materiallarini radiatsion sinovdan o‘tkazishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi Yadro fizikasi institutining 2019 yil 19 avgustdagi 34-15.08-12/1191-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kam boyitilgan yoqilg‘i bilan VVR-K reaktorining ish sharoitlari xavfsizligini tasdiqlash imkonini bergan.