Eshmurodov Xurshid Esanberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida tarkibida kremniy bo‘lgan noorganik va organik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1908.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Umbarov Ibragim Amonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar kvars qumi, organik monomerlar, kraxmal asosida tarkibida kremniy bo‘lgan noorganik va organik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor gliserin, ftal angidrid va tetraetoksisilan asosida kremniy saqlagan GFK-1, GFK-2 markali gliftal smolalar sintez qilingan;
akril kislota, metilmetakrilat va tetraetoksisilan asosida kremniy-akril saqlagan KASM-1, KASM-2 markali, tetraetoksisilan hamda kraxmal asosida KM-1, KM-2 markali polimer modifikatorlar olingan; 
sintez qilingan GFK-2, KASM-2 modifikatorlarini karbamid-formal`degid smola asosidagi elimga 5% qo‘shilib tayyorlangan yog‘och-qirindili plitaning qalinlik va hajmiy bo‘kishi ikki marta kamayishi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida kremniy saqlagan gliftal smolalar va kremniy-akril saqlagan polimer modifikatorlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyolardan tarkibida kremniy bo‘lgan noorganik va organik birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
gliserin, akrilatlar, kraxmal, tetraetoksisilan va suvda eruvchan silikatlar asosida modifikatorlar olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda qurilishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalar uchun tarkibida kremniy bo‘lgan modifikatorlar olishda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 14 dekabrdagi AA009779-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilishda ishlatiladigan bog‘lovchi moddalarning suv va issiqlikka chidamliligini oshiruvchi arzon, yuqori samarali modifikatorlar olish imkonini bergan;
sintez qilingan tarkibida kremniy bo‘lgan GFK-2, KASM-2, KFK-1 modifikatorlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda qurilish materiallari uchun modifikatsiyalangan bog‘lovchi moddalar olishda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 14 dekabrdagi AA009779-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan modifikatsiyalangan bog‘lovchi moddalarning suvga va issiqlikka chidamlilik xossalarini ikki martagacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish