Raximov Samariddin Boxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chikish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K299.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Tillaev Sanjar Usmonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan organik reagentlar yordamida vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini sanoat va tabiiy ob’ektlarida aniqlashning tezkor, sezgir sorbsion-spektrofotometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va analitik-faol guruhlar tuzilishiga bog‘liq holda organik reagentlarni immobillashning analitik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan reagentlarni vanadiy, molibden va vol`fram ionlari bilan kimyoviy analitik xossalariga asoslangan ta’sirlashish mexanizmi, funksional-faol guruhlarning joylashishiga va ion va koordinatsion bog‘larning xarakteriga bog‘liqligi isbotlangan;
vanadiy, molibden va vol`fram ionlarga halaqit beradigan yo‘ldosh kationlar va anionlarni ta’siri aniqlangan;
vanadiy, molibden va vol`framni immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektrofotometrik aniqlash yangi usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat oqava suvlarida vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini aniqlash va tozalashning yangi sorbsion-fotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Markaziy analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 28 avgustdagi 73/1-478-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarda vanadiy, molibden va vol`framni ekspress aniqlash imkonini bergan; 
vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini aniqlash va ajratish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning Markaziy analitik laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 16 oktyabrdagi 02-06-07/10874-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi og‘ir metallarning ionlarini aniqlash va samarali tozalash imkonini bergan;
vanadiy, molibden va vol`fram ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usulidan PZ-20170925290 raqamli «Mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish va ularni sanoat chiqindilaridan rangli va kamyob metallarni sorbsiyalashda qo‘llash» mavzusidagi amaliy loyihada sanoat chiqindilari rangli metallarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 89-03-2227-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari tarkibidagi og‘ir metall ionlarini aniqlashning test usulini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish