Nizamova Al`bina Talgatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oltin rudali konlarni er osti usulida qazib olish sharoitida geomexanik jarayonlarni matematik modellashtirish negizida tog‘ jinslari massivi va er sirtining siljishini prognozlash», 04.00.09 – Marksheyderiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T396.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim o‘g‘li, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Nizametdinov Farit Kamalovich, texnika fanlari doktori, professor; Chunuev Ishimbay Karibaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «O’zGEORANGMETLITI» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik ishlarining salbiy ta’siri doirasida geomexanik jarayonlarni monitoringi va matematik modellashtirish negizida oltin rudali konlardagi tog‘ jinslari massivi va er sirtining siljishini, ularning deformatsiyalanish qonuniyatlari orqali prognozlashning kompleks usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarmitan rudnikida ishlarni samarali va bexatarligini ta’minlovchi konchilik qazilmalarining ta’sir qiluvchi er sirtini siljish jarayoni parametrlarini prognozlash imkonini beradigan deformatsion jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kon-geologik va kon-texnik omillar asoslangan;
tag tomoni tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarning monitoringi natijasi bo‘yicha Charmitan konidagi siljish jarayoni parametrlari aniqlangan;
matematik modellashtirish natijalari ruda tanasini qazib olish tufayli sodir bo‘lgan «er sirti deformatsiyalari yig‘indasi usuli bo‘yicha» qazib olishning xavfsiz chuqurligi parametrlari aniqlangan;
Charmitan konida er sirti siljishi jarayonlarining parametrlari kon sharoitida analitik va eksperimental usullar bilan aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geomexanik jarayonlarni matematik modellashtirish negizida tog‘ jinslari massivi va er sirtining siljishini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar asosida:
tog‘ jinslari massivi va er sirtining siljishi jarayonlarini sodir bo‘lish omillari va kuzatish, deformatsiyalanishning asosiy parametrlarini o‘rganishning kompleks usullari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy boshqarmasining Zarmitan rudnikida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10734-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik ishlarini bexatar olib borishni va muhandislik inshootlarini himoyalovchi selikining o‘lchamlarini optimallashtirish va nofaol ruda zahirasini kamayishi hisobiga ularni saqlab qolish imkonini bergan.
“Charmitan” konidagi er osti konchilik ishlarining ta’sirida tog‘ jinslari va er sirtining siljish jarayonlarini kuzatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy boshqarmasining Zarmitan rudnikida amaliyotida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10734-son ma’lumotnomasi). Natijada, tag tomonidan qazilgan ob’ektlardagi xavfli deformatsiyalanishi bo‘yicha himoyalash chora tadbirlarini qo‘llash samaradorligini ta’minlovchi me’yoriy ko‘rsatmalar tavsiya etilgan va rudnik marksheyderlik xizmatini oshirish imkonini bergan.