Jo‘rabaev Abdurashid To‘ramirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish hisobiga trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.2.PhD/T1649.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbanali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Meliboev Umarjon Xaydarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, sifat ko‘rsatkichlari yuqori, xomashyo sarfi kam bo‘lgan yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish hisobiga trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy va chet el texnologiyalari, mavjud va istiqbolli trikotaj maxsulotlari iste’mol ko‘rsatkichlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalari asosida yangi tuzilishga ega bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish va uning qatlamlarini  biriktirishning maqbul usullari ilmiy asoslangan va tanlab olingan;
ikki qatlamli trikotaj qatlamlarini biriktirish usulining trikotajning texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri natijasida mato xususiyatlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda xom ashyo sarfi kam va shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga trikotaj tarkibidagi qo‘shimcha elementlarning ta’siri qonuniyatlarini hisobga olgan holda ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining ratsional tarkibi va ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
tashqi muhit bilan ikki qatlamli trikotaj matosining issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini  modellashtirish va tahlil qilish orqali matodagi issiqlik almashinuvi jarayonining nazariy asoslari va matoning issiqlik saqlash xususiyatlari aniqlangan; 
rototabelli markaziy kompozision tajriba yo‘li bilan paxta tolasining ikki qatlamli trikotaj to‘qimalaridagi  yuza va xajm zichliklari ulushi  bo‘yicha regressiya tenglamasi olingan va uning tahlili natijalariga ko‘ra matoning yuqori iste’mol xususiyatlarini ta’minlovchi ratsional tuzilishi va parametrlari aniqlangan; 
ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi orqa qatlami halqa ipi uzunligi o‘zgarishining trikotaj matosi texnologik ko‘rsatkichlari va uning fizik-mexanik xossalariga bog‘liqlik qonuniyati asosida to‘qimaning talab qilingan xususiyatlarini ta’minlovchi xalqa ipi uzunligi va matoning texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “YANTEX” MChJga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2020 yil 17 noyabrdagi 04/18-2694-son ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xomashyo sarfini 28% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “AVILION KOKAND” MChJga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 17 noyabr` 2020 yil, №04/18-2694sonli ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xom ashyo sarfini 29% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish