Toshniyozov Lazizjon Golib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Portlatish quduqlarini burg‘ilash uchun energotejamkor sharoshkali burg‘ilash asboblarini yaratish va modellashtirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T672. 
Ilmiy rahbar: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01. 
Rasmiy opponentlar: Raxutin Maksim Grigor`evich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Azamat Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burg‘ilash dolotalarining energotejamkor sharoshkali turini modellashtirish usulida yaratish va dolota sharoshkasining perifirik tojidagi tishlarning joylashuvini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematik va raqamli modellashtirish usullari asosida loyihalash muammolarini optimallashtirish yo‘llari takomillashtirilgan;
matematik model asosida burg‘ilash dolotasi elementlarining tog‘ jinsi bilan o‘zaro ta’siridagi fizik jarayonning dinamikasini baholash uchun muhitning kuchlanganlik holatini aniqlash imkonini beradigan deformatsiya, deformatsiya tezligi va haroratga bog‘liq tenglamani analitik echish usuli ishlab chiqilgan;
periferik tojlardagi yolg‘iz joylashgan tishlarga nisbatan juft joylashgan tishlar ma’lum chuqurlikni 1,1–1,5 marta tezroq bosib o‘tishi aniqlangan;
burg‘ilash dolotasining tog‘ jinsi bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonini kompleks tadqiqotlar orqali raqamli modellashtirish usulidan foydalanish dastlabki loyihalash bosqichida konstruktiv modelning zaif tomonlarini aniqlash va yo‘q qilishga imkon berishi aniqlangan;
portlatish quduqlarni burg‘ilashda tog‘ jinslarini parchalovchi asbobning chidamliligini ta’minlaydigan, dolota sharoshkasining periferik va periferik ostida joylashgan juft tishli uch sharoshkali burg‘ilash dolotasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ochiq usulda qazib olishda portlatish quduqlarini burg‘ilashda tog‘ jinslarini parchalovchi asboblarni tishlar bilan jihozlantirishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
energiya tejamkor uch sharoshkali burg‘ilash dolotasini yaratish uslubi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Markaziy kon boshqarmasining Muruntau kar`erida joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 27 noyabrdagi 02-06-07/12473-son ma’lumotnomasi). Natijada, uch sharoshkali burg‘ilash dolotasi bilan portlatish quduqlarini burg‘ilashda burg‘ilashning o‘rtacha tezligi sanoat dolotalariga nisbatan 
1,1–1,5 baravar ortish va tog‘ jinsini parchalash energiya harajatini 1,1–1,3 baravar kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan burg‘ilash dolotasining konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Markaziy kon boshqarmasining Muruntau kar`erida joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 27 noyabrdagi 02-06-07/12473-son ma’umotnomasi). Natijada, burg‘ilash dolotalarini import bilan almashtirishni ta’minlash va burg‘ilash uskunalarining unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish