Kadirov Voxid Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chuqur kar`er bortlari turg‘unligining geomexanik holatini tadqiq qilish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1791.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Diydor Vaxobovich, texnika fanlari nomzodi;
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik ishlarini olib borishning samaradorligi va xavfsizligini ta’minlashda matematik modellashtirish asosida chuqur kar`erlar bortlari turg‘unligining geomexanik holatini boshqarish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intensiv ravishda burg‘ilash va portlatish ishlarini olib borish, kon massivi tuzilishining buzilishiga olib kelishi asoslangan;
Muruntau kar`erida qazib olish ishlarining chuqurlashib borishi natijasida, Janubiy bortda deformatsiya zonasi aniqlangan;
bort balandligi 1000 m va asosiy qiyalik burchagining o‘zgarishi 33° dan 30° gacha bo‘lganda, tog‘ jinsining tortishish kuchi va ichki ishqalanish burchagi 15,97MPa va 39,87° o‘lchamlarga mos ravishda bo‘lishi aniqlangan;
1000 m gacha bo‘lgan chuqurlikda konchilik ishlarini olib borish, xafvsizlik sharoitini yaratib beruvchi kar`er bortlari va pog‘onalar o‘lchamlari asosida Muruntau koni uchun matematik va geomexanik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chuqur kar`er bortlari turg‘unligining geomexanik holatini tadqiqi qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kar`er pog‘onasidagi qulash prizmasining o‘lchamlarini analitik hisoblashda «Ustoi» kompleks dasturi VNIMIning kuchlarni algebraik jamlash usulini avtomatlashtirilganligi «O’zGEORANGMETLITI» davlat unitar korxonasi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 10/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinsi massivining to‘g‘ri chiziqli susayishi bo‘yicha bort turg‘unligini baholash imkonini bergan;
chuqur kar`er bortining turg‘unlik holatini saqlash uchun kuchlarni algebraik jamlash usuli «O’zGEORANGMETLITI» davlat unitar korxonasi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 10/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul konchilik ishlarini xavfsiz olib borishni, konchilik uskunalari va muhandislik ishnootlarini asrash imkonini bergan.