Amonova Dilnoza Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Galaktomannanlar asosida o‘smaga qarshi faollikka ega makromolekulyar tizimlar sintezi va tadqiqi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K239.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: galaktomannanlarning modifikatsiyalangan hosilalarini olish, ular asosida sitotoksik birikmalar tutgan, o‘sma hujayralariga yo‘naltirilgan ta’sirga ega makromolekulyar tizimlar sintez qilish va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
galaktomannanlarni radikal depolimerlash reaksiyasida maqbul reaksiya sharoitlari va asosiy polimannan zanjirining selektiv parchalanishi aniqlangan;
galaktomannan oligosaxaridlarining tozil hosilalari va ular orqali amin bog‘lari bilan bog‘langan, tarkibida sitotoksik birikmalar tutgan makromolekulyar tizimlar olishning maqbul reaksiya sharoitlari isbotlangan;
galaktomannan oligosaxaridlarining dial`degid hosilalari va ular orqali azometin bog‘lari bilan bog‘langan, tarkibida sitotoksik birikmalar tutgan makromolekulyar tizimlar sintez qilingan va ularning tuzulishi fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
galaktomannanlar asosidagi makromolekulyar tizimlarning o‘smaga qarshi biologik faolliklari, farmako-toksikologik xususiyatlari, struktura-faollik o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Galaktomannanlar asosida o‘smaga qarshi faollikka ega makromolekulyar tizimlar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
galaktomannanlar asosidagi makromolekulyar tizimlarning olinish usullari va olingan namunalardan Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti “International Science and Technology Center Projects” loyihasida turli o‘smalarga qarshi faolliklarni aniqlashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti ma’lumotnomasi). Natijada, polisaxaridlar hosilalarining o‘smaga qarshi faollik mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
sintez qilib olingan galaktomannanlar asosidagi o‘smaga qarshi makromolekulyar tizimlardan A11-T019 raqamli “Izoflavononlar bilan boyitilgan soya oqsilini olish texnologiyasini yaratish” loyihasida “Biokor” preparatining in vivo va in vitro sharoitda biologik faolligini aniqlashda nazorat preparati sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 4/1255-2709-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Biokor” preparatining biologik faolligini boshqa preparatlar bilan taqqoslash imkonini bergan.