Asranbaeva Munojatxon Xalimjanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1240.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noto‘liq oila bolalarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonining tuzilmasi (komponentlari, ustuvor yo‘nalishlari, mezonlari) yaqin kattalarning tarbiyaviy ta’sirini maqbullashtirish, tarbiya jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan, germenevtik va psixoterapevtik yondashuvlarni adaptiv qo‘llash bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktabi va mahalla hamkorligi asosida noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-profilaktik xususiyatlari (faoliyat maqsadi, natijaviyligi) milliy an’analar, yaqin qo‘shnichilik, muruvvat va sahovat fazilatlarining praksiologik imkoniyatlarini real baholanishiga erishishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning gerontopedagogik modelining amaliy komponenti avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, milliy tarbiya metodlarining (ibrat, namuna, daxldorlik, hamdardlik, bosiqlik, mulohazakorlik) kundalik turmush tarziga ta’siri barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda sinf rahbari, maktab psixologi, ijtimoiy ish xodimining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hududiy bo‘limlari mutaxassislari bilan hamkorligini tizimli tashkil etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning gerontopedagogik modelining amaliy komponentini takomillashtirish, avlodlararo hamkorlik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlar transformatsiyasi, milliy tarbiya metodlarining kundalik turmush tarziga ta’siri barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-241 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarning noto‘liq oilalar bilan olib boradigan ijtimoiy-psixologik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda sinf rahbari, maktab psixologi, ijtimoiy ish xodimining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hududiy bo‘limlari mutaxassislari bilan hamkorligini tizimli tashkil etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni amalga oshirishga doir metodik ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 avgustdagi 02/011-648-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonining tuzilmasini aniqlashtirish, yaqin kattalarning tarbiyaviy ta’sirini maqbullashtirish, tarbiya jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan, germenevtik va psixoterapevtik yondashuvlarni adaptiv qo‘llash bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, umumta’lim maktabi va mahalla hamkorligi asosida noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-profilaktik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD-4-122. “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03-4160-son ma’lumotnomasi). Natijada, noto‘liq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga erishilgan.