Jumaeva Dilnoza Tursunpo‘latovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf va Zulayxo” haqidagi dostonlarning qiyosiy-matniy tadqiqi”. 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy matnshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1072.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning qo‘lyozma va toshbosma manbalarini monografik o‘rganish, genezisi va tadrijini hamda qiyosiy-matniy tipologiyasini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning genezisi ilohiy kitoblarga hamda fol`klorga asoslanishi xalqning e’tiqodi, axloqiy qarashlari, ishqiy-sarguzasht dostonlarga qiziqishi va talabi bilan bog‘liq ekani ilmiy dalillangan;
yusufnomalarning qo‘lyozma va toshbosma manbalari monografik aspektda o‘rganilib, Abdurahmon Jomiy “Yusuf va Zulayxo” asari Ogahiy tarjimasiningRossiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan TNS-117, O‘zFA ShI fondida saqlanayotgan 7787 raqamli nusxalari, Mirzo Olim Devona “Ravzai asror” asarining 1799 va 1338 raqamli, Andalibning “Yusufu Zulayxoyi turkiy” asarining 360 raqamli qo‘lyozmalari tayanch manbalar ekani aniqlangan;
dostonlar matni qiyosiy aspektda variantlilik nuqtai nazaridan o‘rganilgan; variantlilik muayyan asarning ma’lum bir qisminigina o‘zgartirish emas, balki badiiy voqelikning g‘oya, mavzu, talqin, kompozisiya, syujet, obrazlar tizimi, ijodiy uslub va janr xususiyatlariga ko‘ra ijodiy qayta ishlanishi ekani asoslangan;
“Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlar yaxlit tizim sifatida o‘rganilib, obrazlar silsilasi va matn poetikasi masalalari ilmiy-nazariy aspektda yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matn tarixi, matn tanqidi, variantlilik, qiyosiy-matniy tahlil singari nazariy istilohlarga doir ilmiy xulosalardan; “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning badiiy takomili sayyor syujetga asoslangan Layli va Majnun, Xusrav (Farhod) va Shirin, Vomiq va Uzro, Tohir va Zuhra, Oshiq G‘arib va Shohsanam kabi dostonlardan farqi, ular ilohiy-irfoniy manbalarga asoslanishi bilan bog‘liq tahliliy fikrlardan; yusufnomalardagi obrazlar tizimining tasnifi; yetakchi va yordamchi obrazlarning asosiy xususiyatlari, ijodkorlar asosiy g‘oya va maqsadlarini Yusuf va Zulayxo obrazi orqali ifodalagani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan OT-A1-46 raqamli “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” (2017-2019) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 89-03-4258-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozma adabiy manbalar genezisi, badiiy matnni o‘rganish tamoyillari, matn tarixi va tanqidi, qiyosiy-matniy tahlil asoslari, matn variantliligi, poetik obraz va obrazlilik masalalariga doir nazariy qarashlar yangi fakt va ma’lumotlar, yangicha ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
sayyor syujetlar asosidagi “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlar va ushbu poetik an’ananing zamonaviy she’riyatdagi tadrijiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyotshunoslik va adabiy tanqid kengashining 2018, 2019 yillardagi yillik va istiqbolli rejalari hamda dasturlarini yaratishda; Ogahiy ijod maktabi bilan 2020 yil o‘tkazilgan mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 4 noyabrdagi 01-03-07/912-son ma’lumotnomasi). Natijada yusufnomalar qo‘lyozma manbalari va badiiy matn xususiyatlari tahlil etilib, ularning matn tarixi va takomili tamoyillari belgilangan;
Abdurahmon Jomiy “Yusuf va Zulayxo” dostonining Ogahiy tarjimasi, Durbek, Mirzo Olim Devona va Xolis qalamiga mansub yusufnoma turkumidagi dostonlar tahliliga doir materiallardan “O‘zbekiston” telekanalida“Assalom, O‘zbekiston”, “Ijod mahsuli”, “Baxshiyona”, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot”nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 noyabrdagi 01-13-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning sifati oshib, zamonaviy qissalarning milliy ma’naviyatimizni boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.