Mamadaminova Baxtigul Abdupattaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar (1920-1924 y.)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar.619.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori; Haydarov Izzatilla Maxmutalievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm Xalq Sovet Respublikasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh xivaliklar o‘zlarining islohotchilik g‘oyalari va davlatchilik qarashlarini o‘zlari boshqarayotgan yangi hukumatda amalga oshirishi jarayonida respublika aholisi xonlikdan meros qolgan asoratlarni tugatib, dastlabki demokratik o‘zgarishlarni hayotga joriy etish uchun kurash olib borganligi isbotlangan;
XXSRda ta’lim va madaniyat sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida zamonaviy ta’lim tizimining poydevori qo‘yilganligi, aynan respublika yillarida Xorazm madaniyati va san’ati yangi bosqichga ko‘tarilganligi, dastlabki teatrlar tashkil qilinganligi va kinematografiya san’atiga asos solinganligi, sog‘liqni saqlash sohasi va xotin-qizlarni jamiyat hayotiga tortish hamda keng jalb qilish darajasi dalillangan;
Xorazm taraqqiyparvar kuchlari va Yosh xivaliklarning iqtisodiy islohotlar dasturi va uning yangi hukumat tomonidan amalga oshirilishi, mamlakat hayotida iqtisodiy siyosatning oqilona yuritilishi dehqonchilik, hunarmandchilik va sanoatning rivojlanishiga imkon yaratganligi asoslangan;
XXSR davlati yetakchilari va mahalliy milliy kuchlarning mustaqil siyosat yuritishi Markazning mintaqadagi vakillari va bol`sheviklarga yoqmasligi, respublikada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning sun’iy tarzda jadallashtirilishi, jamiyatda sovetlashtirish va ruslashtirish ta’sirining kuchayishi, pirovardida tarixiy Xorazm vohasida milliy davlatchilikka barham berilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasida 1920–1924 yillarda bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar tarixi mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Yosh xivaliklarning islohotchilik g‘oyalari va davlatchilik qarashlarini o‘zlari boshqarayotgan yangi hukumatda amalga oshirishi jarayoni, respublika aholisi xonlikdan meros qolgan asoratlarni tugatib, dastlabki demokratik o‘zgarishlarni hayotga joriy etish uchun kurashlariga oid ilmiy natijalardan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida bajarilgan PZ-20170930170 “O‘zbekistonda suvga munosabat, xalqimizning ekologik va ijtimoiy tafakkurining yangilanish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-642-son ma’lumotnomasi). Natijalar Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi, Xorazmdagi yangi davlat boshqaruvi tizimi, Yosh xivaliklarning yangi hukumatda yuritgan siyosati va jamiyatda turli islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyatini yangi ma’lumotlar bilan ochib berishga imkoniyat yaratgan;
XXSRda ta’lim va madaniyat sohasida amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy ta’lim tizimining poydevori qo‘yilishi, Xorazm madaniyati va san’ati yangi bosqichga ko‘tarilishi, dastlabki teatr va kinematografiya san’atining kirib kelishi, sog‘liqni saqlash sohasi va xotin-qizlarni jamiyat hayotiga tortilishiga oid ilmiy natijalardan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” va “Evrika+” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 31 yanvardagi 01/01-84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tomoshabinlarga Xorazm Xalq Sovet Respublikasida 1920–1924 yillarda bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar haqida ob’ektiv ma’lumotlar etkazib berishga xizmat qilgan