Ermatov Akmaljon Akbaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish muammolari» 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt591.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbari: Kudbiev Davlatbay, iqtisod fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika  instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Abdunabi Xalikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yormatov Ilmiddin Toshmatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy kapital tarkibi muassislar kiritgan mablag‘lar, korxona faoliyati davomida ishlab topgan va jamg‘argan mablag‘lari, kelgusida korxona foydasi hisobiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan iborat bo‘lishi asoslangan va ularni buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish taklif etilgan;
korxona ishchi schyotlar rejasiga yangi 8311-“Obuna bo‘lingan oddiy aksiyalar” va 8312-“To‘lov amalga oshirilgan oddiy aksiyalar” hamda 017-“Oddiy aksiyalarga obuna va ulushning to‘lanishi” balansdan tashqari schyotlarini kiritish taklif etilgan;
xususiy kapital ob’ekti, elementi va nazorat nuqtalarini aniqlash hamda qat’iy belgilash orqali  auditor  ish sifatini oshirish asoslangan;
auditorlik dalillari olish usulini audit xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish orqali xususiy kapital auditini o‘tkazish samaradorligini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiy kapital tarkibi muassislar kiritgan mablag‘lar, korxona faoliyati davomida ishlab topgan va jamg‘argan mablag‘lari, kelgusida korxona foydasi hisobiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan iborat bo‘lishi va ularni buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish taklifi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Kvars” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 13 martdagi 01-17/379-son ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy kapital tarkibini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarda aks ettirishga erishilgan;
korxonada ishchi schyotlar rejasiga yangi 8311-“Obuna bo‘lingan oddiy aksiyalar” va 8312-“To‘lov amalga oshirilgan oddiy aksiyalar” hamda 017-“Oddiy aksiyalarga obuna va ulushning to‘lanishi” balansdan tashqari schyotini kiritish taklifi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Kvars” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 13 martdagi 01-17/379-son ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy kapital hisobi bo‘yicha aniq hamda  shaffof axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
xususiy kapital ob’ekti, elementi va nazorat nuqtalarini aniqlash hamda qat’iy belgilash orqali  auditor  ish sifatini oshirish bo‘yicha taklifi Farg‘ona viloyati auditorlar palatasi tomonidan xususiy kapital auditini tashkil etishga oid uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati auditorlar palatasining 2020 yil 9 iyuldagi 31/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlar ish sifatining yaxshilanishi va xususiy kapital auditini samarali tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
auditorlik dalillari olish usulini audit xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish orqali xususiy kapital auditini o‘tkazish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklifi Farg‘ona viloyati auditorlar palatasi tomonidan xususiy kapital auditini xalqaro audit standartlari asosida tashkil etishga oid uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati auditorlar palatasining 2020 yil 9 iyuldagi 31/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlar ish vaqtining tejalishi,  audit sifatining yaxshilanishi va xususiy kapital auditini xalqaro audit standartlari asosida tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish