Gaibnazarova Zumrat Talatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga ta’siri”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt218.
Ilmiy maslahatchi: Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdusatorxo‘dja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapitalning respublika avtomobil` sanoatini modernizatsiyalashga ta’siri bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zavtosanoat” AJ korxonalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish intellektual kapital darajasini uzluksiz va tizimli ravishda o‘sib borishini ta’minlash uchun olinayotgan foydaning 10 foizi hisobiga akkumulyativ fondni tashkil etish asoslangan;
“O‘zavtosanoat” AJ sanoat korxonalarida intellektual kapitaldan foydalanish omillarini bir tizimga keltirish asosida ularni amplifikatsiyalashtirish va 2025 yilgacha ishlab chiqarish samaradorligini strategik rivojlantirishning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
so‘nggi rusumdagi raqobatbardosh avtomobillarni ishlab chiqarishda asosiy fondlardan intellektual kapital tarkibi innovatsion rivojlantirish orqali sirkulyar aylanishini intensivlashtirish evaziga korxona samaradorligini oshirish asoslab berilgan;
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda yangi avtomobil` markalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun intellektual kapitalni oshirishga yo‘naltirilgan investisiya mablag‘lari asosida xarajat va daromadlarni maxsus yo‘nalish sifatida korxona buxgalteriya hisobotlarida hisobga olib borish asoslangan;
intellektual kapital qiymatini asosiy fondlarga bo‘lish orqali olingan qo‘shimcha foyda, ustunlik daraja ko‘rsatkichlari va qiymat koeffisientlarini aniqlash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zavtosanoat” AJ korxonalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish intellektual kapital darajasini uzluksiz va tizimli ravishda o‘sib borishini ta’minlash uchun olinayotgan foydaning 10 foizi hisobiga akkumulyativ fondni tashkil etish bo‘yicha taklif “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi 17-114-son buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 avgustdagi 17/01-25-1224-son ma’lumotnomasi). Hozirgi vaqtda “O‘zavtosanoat” AJda band bo‘lgan 26781 ishchi xodimlardan 3649 nafari oliy ma’lumotli bo‘lib, 13,6 foizni tashkil etadi, oliy ma’lumotli mutaxassislar darajasini rivojlangan mamlakatlardagi oliy malakali mutaxassislar hissasining eng past ko‘rsatkichi bo‘lgan 55 foizga yaqinlashishini ta’minlash natijasida yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotning sifat va miqdorining o‘sishiga erishildi;
“O‘zavtosanoat” AJ sanoat korxonalarida intellektual kapitaldan foydalanish omillarini bir tizimga keltirish asosida ularni amplifikatsiyalashtirish va 2025 yilgacha ishlab chiqarish samaradorligini strategik rivojlantirishning ekonometrik modeli taklifi “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi 17-114-son buyruq asosida joriy etilgan (O‘zavtosanoat aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 avgustdagi 17/01-25-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona intellektual kapitaldan samarali foydalanishi asosida olayotgan sof tushumi 4,25 marotabaga, mehnat unumdorligi 3,26 barobarga va ichki resurs zahiralari hisobiga ishlab chiqarish jarayonini kengaytirgan shaklda olib borish quvvatiga ega bo‘lishi avtomobil` ishlab chiqarish hajmini 1,38 barobarga o‘sishiga olib kelgan;
so‘nggi rusumdagi raqobatbardosh avtomobillarni ishlab chiqarishda asosiy fondlardan intellektual kapital tarkibi innovatsion rivojlantirish orqali sirkulyar aylanishini intensivlashtirish evaziga korxona samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi 17-114-son buyruq asosida joriy etilgan (O‘zavtosanoat aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 avgustdagi 17/01-25-1224-son ma’lumotnomasi). “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda asosiy fondlardan foydalanishda ularning doiraviy harakatini ikki barobarga oshirish amortizatsiya fondi ajratmasiga ajratilgan 642,1 mlrd. so‘mlik amortizatsiya uzatmalarini 321,5 mlrd.so‘mga kamaytirish natijasida sof foydaning 321,5 mlrd. so‘mga o‘sishiga erishilgan;
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarda yangi avtomobil` markalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun intellektual kapitalni oshirishga yo‘naltirilgan investisiya mablag‘lari asosida xarajat va daromadlarni maxsus yo‘nalish sifatida korxona buxgalteriya hisobotlarida hisobga olib borish taklifi “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi 17-114-son buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 avgustdagi 17/01-25-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat unumdorligining 1 foizga o‘sishi yalpi ishlab chiqarish hajmining 335302,7 mln. so‘mga oshishi, yalpi ishlab chiqarish xarajatlarining 3222,6 mln. so‘mga kamayishi hamda foyda olish miqdori 251573 mln. so‘mga etishi ta’minlangan;
intellektual kapital qiymatini asosiy fondlarga bo‘lish orqali olingan qo‘shimcha foyda, ustunlik daraja ko‘rsatkichlari va qiymat koeffisientlarini aniqlash uslubi bo‘yicha taklif “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yil 19 avgustdagi 17-114-sonli buyruq asosida joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 avgustdagi 17/01-25-1224-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona ishlab chiqarish xarajatlarining tejalishiga va mahsulot sifat darajasining ortishi hisobiga korxona iqtisodiy samaradorligi o‘sishiga erishilgan.