Usmonova Muhayyoxon Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped 810.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdieva Oyjamol Tashbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchisi metodik tayyorgarligining affektiv, kognitiv va faoliyatli tarkibiy qismlari kompetensiyaviy yondoshuv asosida ko‘p darajali, kasbiy integral yaxlit pedagogik tizimi sifatida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetentligining shakllanganlik mezonlari (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, pedagogik faoliyatga qadriyatli-motivatsion munosabatni tarkib toptirish) va darajalari (intuitiv, me’yoriy, faol va kreativ) aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishning axborot-kommunikasiya hamda innovasion-pedagogik texnologiyaga acoclangan kvaziprofessional kasbiy-metodik faoliyatga tayyorlash tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan ta’lim jarayonida kasbiy-yo‘naltirilgan, kompetentli-yo‘naltirilgan va vaziyatli topshiriqlardan foydalanishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchisi metodik tayyorgarligining affektiv, kognitiv va faoliyatli tarkibiy qismlari kompetensiyaviy yondoshuv asosida ko‘p darajali, kasbiy integral yaxlit pedagogik tizim sifatida takomillashtirishga oid takliflari «Pedagogika» ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartining 5110400-Biologiya o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-66-son ma’lumotnomasi). Mazkur tizim bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari tarkibini tizimlashtirish hamda o‘quv mazmunini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetentligining shakllanganlik mezonlari (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, pedagogik faoliyatga qadriyatli-motivatsion munosabatni tarkib toptirish) va darajalarini (intuitiv, me’yoriy, faol va kreativ) aniqlashtirish bo‘yicha takliflari biotsentrizm tamoyili asosida A-1-230 raqamli “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv-metodik qo‘llanmasini tayyorlash” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-66-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim samaradorligi ortgan va metodik kompetensiyalarini baholash usullari takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishning axborot-kommunikasiya hamda innovasion-pedagogik texnologiyaga acoclangan kvaziprofessional kasbiy-metodik faoliyatga tayyorlash tizimi (kompetentli yo‘naltirilgan vaziyatli topshiriqlardan foydalanishga oid taklif va tavsiyalari bioportal.uz mediaportali mul`timediali vositalari) yaratilgan hamda amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-66-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini orttirish mexanizmlarini takomillashtirish, pedagoglar kasbiy kompetensiyalari darajalarini oshirishga xizmat qilgan.