Xo‘jaqulova Dilbar Jo‘raqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylarini dezodoratsiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T441.
Ilmiy rahbar: Majidov Qaxramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.101.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylarini dezodoratsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik moylari va yog‘lar tarkibiga kiruvchi yo‘ldosh va hid beruvchi moddalarning asosiy tasniflari aniqlangan;
o‘simlik moylarini dezodoratsiyalash jarayonida elektromagnit maydon ta’sir usullaridan foydalanib, turli navdagi moyli xomashyodan olingan paxta moyini hamda mahalliy moyli urug‘lardan olingan soya moyini dezodoratsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan;
paxta moyini yog‘da eruvchan qo‘shimchalar bilan boyitish asosida dezodoratsiyalangan moyning sifati va ozuqaviyligini oshirish ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘simlik moylarini dezodoratsiyalashning muqobil texnologik rejimlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik moylarini dezodoratsiyalash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli navdagi moyli xomashyodan olingan paxta moyini hamda mahalliy moyli urug‘lardan olingan soya moyini dezodoratsiyalashni takomillashtirilgan texnologiyasi “Kogon yog‘-ekstraksiya” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 2 dekabrdagi KS/3-1352-son ma’lumotnomasi). Natijada, dezodoratsiyalangan moyning sifati hamda xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
o‘simlik moylariga elektromagnit maydon ta’sirida ishlov berish natijasida dezodoratsiyalash jarayoni jadallashtirilgan va jarayonni amalga oshirishning muqobil texnologik rejimlari “Kogon yog‘-ekstraksiya” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 2 dekabrdagi KS/3-1352-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan dezodoratsiyalangan o‘simlik moylarini ishlab chiqish imkonini bergan.