Raxmonov Dilshod Nurboboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini interaktiv dinamik kartalarini tuzishning nazariy va amaliy masalalari», 11.00.06–«Geodeziya. Kartografiya» (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr67.
Ilmiy rahbar: Gulyamova Lola Xadji-Akbarovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafiza Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Musaev Ilxom, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ArcGIS online dasturi va bulutli texnologiyalar yordamida aholining interaktiv dinamik kartalarini tuzish metodikasini yaratish hamda istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi kartalari uchun interaktiv dinamik kartalarni yaratish modeli yangi kartografik metodlar (interaktiv belgilar, veb-kartaga olish) asosida ishlab chiqilgan;
interaktiv dinamik kartalar metodikasi asosida raqamli va matnli ochiq axborotlar bir-biri bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasini nazariy va amaliy asoslari yaratilgan;
interaktiv dinamik kartalarni ArcGIS online dasturi, raqamli ochiq ma’lumotlar portali va bulutli texnologiyalar asosida yaratish metodikasining nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi xukumati ochiq ma’lumotlari, ArcGIS online dasturidagi OpenStreetMap bazasi va bulutli texnologiyalar asosida aholining interaktiv dinamik kartalari yaratilgan hamda ulardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholini interaktiv dinamik kartalarini tuzish metodikasi va ulardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi kartografik metodlar (interaktiv belgilar, veb-kartaga olish) asosida ishlab chiqilgan aholining interaktiv dinamik kartalarini yaratish modeli O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 05-05-8023-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu modeldan foydalanib, online ravishda, boshqa mavzulardagi interaktiv kartalarni tez va oson yaratish imkonini bergan;
aholiga oid raqamli, matnli va boshqa ma’lumotlar Xukumatning ochiq ma’lumotlari va saytlari orqali bir-biriga integratsiyasi qilingan ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 05-05-8023-son ma’lumotnomasi). Natijada, interaktiv dinamik kartalar orqali aholiga doir turli ma’lumotlarni bir-biri bilan bog‘lash va muntazam yangilab borish imkonini bergan;
GAT dasturlari, raqamli ochiq ma’lumotlar portali va bulutli texnologiyalar asosida tuzilgan interaktiv dinamik kartalarni yaratish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 05-05-8023-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlarni FHDYo bo‘limlari va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida yangilab borish imkonini bergan;
ArcGIS online dasturida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani va mahallalarning interaktiv kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 05-05-8023-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kartalar aholini ro‘yxatga olish ishlarida hududlar aholisini monitoring qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkonini bergan.