Bozorov Dilmurod Xolmurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mayonez tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T259. 
Ilmiy rahbar: Majidov Qaxramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.101.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraximov Axror Anvarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mayonez tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologik faol xomashyolar asosida mayonez olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
foydalanilgan yangi xom ashyo turlarini qo‘llab mayonezlarni tayyorlashning innovatsion usullari yaratilgan;
yangi xomashyolar asosida moyonezlarning turlarini kengaytirish ilmiy jihatdan asoslangan;
mayonez resepturasini tashkil etuvchi komponentlarning fizik-kimyoviy va texnologik tavsiflari asoslangan;
milliy xantal kukuni asosida yangi turdagi mayonez  xususiyatlarini shakllantirish asoslangan;
sut konsentratlaridan foydalangan holda past kaloriyali mayonez resepturasi va uning barqarorligi isbotlangan
yangi turdagi mayonez resepturasining tarkibi va ularni saqlash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mayonez tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biologik faol xom ashyolar asosida yangi turdagi  mayonez ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 2 dekabrdagi QS/3-1353-son ma’lumotnomasi). Natijada, mayonezlar turlarini kengaytirish va yangi tarkiblarini joriy etish imkonini bergan;
yangi xomashyo turlarini qo‘llab mayonezlarni tayyorlash usullari “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 2 dekabrdagi QS/3-1353-son ma’lumotnomasi). Natijada, sarf xarajatlarni 3–5%  kamaytirish, mayonez ishlab chiqarish hajmini esa 15–17% oshirish hamda tayyor maxsulotlarning barqaror holatini  uzoq muddatda saqlab qolinishiga zamin yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish