Xamdamova Shirin Mirzayuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linish prinsipini qo‘llash”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliyaviy va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu174. 
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Shuxrat Namazbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent;  Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linish prinsipini qo‘llashni tizimli o‘rganish hamda ilmiy-nazariy tahlil etish asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xalq deputatlari Kengashining hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish vakolatini mustahkamlash asoslantirilgan;
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishi lozimligini belgilash asoslab berilgan; 
Xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyati faoliyatini qayta ko‘rib chiqish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi vakillik organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining amaliy ro‘yobga chiqarilishi asoslab berilgan;
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari huquqlarini kengaytirish orqali tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan vakillik nazoratini amalga oshirish lozimligi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatning bo‘linish prinsipini qo‘llash mexanizmini takomillashtirishga oid olingan  ilmiy natijalar asosida:
tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-913-XII-son Qonunining 24-moddasi 15-bandiga O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 yanvardagi O‘RQ-512-son Qonuni 24-moddasining birinchi qismi o‘n beshinchi xatboshisi bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 05/1-01-143-son ma’lumotnomasi).Ushbu taklif hududiy adliya organlari Xalq deputatlari Kengashlarining mahalliy adliya organlari faoliyati ustidan hisobotlarni eshitish orqali mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini qo‘llashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
mahalliy Xalq deputatlari Kengashlarida yiliga kamida bir martta respublikaning barcha hududlari tegishli sudlari raislarining fuqarolar huquq va erkinliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishga doir faoliyatiga oid axborotini eshitish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-913-XII-son Qonunining 24-moddasi 1-qismini O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 23 iyuldagi O‘RQ-486-son Qonuni 24-moddasining ikkinchi qismi bilan to‘ldirish orqali joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 05/1-01-143-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sud raislarining Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi mahalliy vakillik va ijro organlari o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan;
hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organi rahbari sifatidagi maqomini unda ijro etuvchi hokimiyat rahbari maqomini saqlagan va Xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzgan holda qayta ko‘rib chiqish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-913-XII-son Qonunining 20-moddasiga O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 sentyabrdagi O‘RQ-636-son Qonunining 1-moddasi bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2020 yil 3 dekabrdagi  05/1-04-256-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi vakillik organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, ularga professional xizmat ko‘rsatadigan mustaqil tuzilmasini yaratish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining qo‘llanilishini ta’minlagan;
tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi  O‘RQ-476-son Qonunining 6-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish orqali “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-11-son 2004 yil 2 dekabrdagi Qonunning “Deputatlar huquqlari” deb nomlanuvchi 5-moddasining ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi bilan tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 05/1-04-259-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi vakillik organlarining nazorat funksiyasini kuchaytirish orqali hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish