Hasanov Shuhrat Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««Bakulovirus/hasharot hujayrasi» ekspressiya tizimida MIS - (myuller ingibirlovchi substansiyasi) oqsilini ekspressiyalash», 03.00.12 – Biotexnologiya, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B418.
Ilmiy rahbarlar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.38.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori; Muhamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori bakulovirus/hasharot hujayralari ekspressiya tizimida rekombinant MIS - (Myuller ingibirlovchi substansiyasi) oqsilini ekspressiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Bombyx mori bakulovirus/hasharot hujayralarida MIS - Myuller ingibirlovchi substansiyasini kodlovchi yangi rekombinant pBacPAK8-polh-MIS plazmidasi klonlashtirilgan.
ilk bor yovvoyi turdagi Bombyx mori yadroviy poliedroz virusi va rekombinant rBacPAK8-polh-MIS plazmida DNKsini Bombyx mori hujayralariga (BMN1) ko-transfeksiyalangan;
MIS oqsilini ekspressiyalovchi rekombinant rBmNPV-MIS bakulovirus klonlari RT-PZR orqali identifikatsiya qilinib toza holda ajratib olingan;
ilk bor Bombyx mori (BMN1) hujayra kul`turalarida MIS oqsili olingan;
PAAG elektroforez va immunobloting usullari yordamida olingan rekombinant MIS oqsilining molekulyar og‘irligi va yuqori antigenlik xususiyatlarini namoyon etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bombyx mori bakulovirus/hasharot hujayrasi ekspressiyasi tizimida rekombinant MIS - (Myuller ingibirlovchi substansiyasi) oqsilini ekspressiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bombyx mori rekombinant rBmNPV- polh - MIS bakulovirusi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar” noyob ob’ekti kolleksiyasi genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 18 martdagi 4/1255-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitopatogen mikroorganizmlar shtammlari kolleksiya genofondini boyitish, virus turlari xilma-xilliklari elektron bazasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
ajratib olingan Bombyx mori rekombinant rBmNPV- polh - MIS bakulovirusi Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasining (World Data Center for Microorganism (WDCM) Collection of plant pathogenic and other microorganisms) ma’lumotlar bazasiga GEPB WDCM 1228-raqami (http:www.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/ by_id/1228/) orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 18 martdagi 4/1255-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyoning turli mintaqalarida bakulovirus/hasharot hujayrasini taqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
Bombux mori yadro poliedrozi virusiga asoslangan rekombinant rBmNPV-MIS bakulovirusdan F-A-2018-012 raqamli «Tut ipak kurtining yadro poliedrozi kasalligiga chidamli tizimlarni olish uchun dastlabki seleksion materialni yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida turli xil tut ipak qurti zotlarini bakuloviruslarga chidamli zotni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekipaksanoat uyushmasining 2020 yil 10 martdagi 2-3/624-son ma`lumotnomasi). Natijada, ipakchilik sanoatini yadro poliedroz virusiga nisbatan chidamli bo‘lgan tut ipak qurti zoti bilan ta’minlash imkonini bergan.