Mirdjuraeva Nargiza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asab tizimining perinatal zararlanishi uzoq muddatli oqibatlarida kognitiv faoliyatni o‘rganishda qiyosiy yondashuvlar», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib921.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabga tayyorgarlik bosqichida kognitiv buzilishlari bo‘lgan bolalarda, asab tizimini perinatal shikastlanishini uzoq oqibatlari uchun qiyosiy tashxislash va prognozlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor asab tizimi perinatal shikastlanishi uzoq oqibatlari bo‘lgan bolalarda, hamda shu yosh aspektidagi sog‘lom bolalarda gnozis va oliy po‘stloq funksiyalari xolati qiyosiy asoslangan;
ilk bor kognitiv funksiyalar buzilishi bo‘lgan bolalarda oliy po‘stloq funksiyalari xolatini baholashning qiyosiy-tashxisiy mezonlari aniqlangan;
rivojlanish kognitiv buzilishi (diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromi, psixologik rivojlanishning buzilishi va aqliy zaiflik) bo‘lgan bolalarda ko‘rish bilan chaqirilgan potensiallar (KChP) yordamida, sensor tizimning markaziy va periferik bo‘limlari orasida to‘g‘ri mutanosiblik aniqlangan;
psixologik buzilishlar, nutq va aqliy rivojlanishda ortda qolishi bo‘lgan bolalarda maktab ta’limini to‘g‘ri shaklini tanlab olish yo‘llari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asab tizimining perinatal zararlanishini uzok muddatli oqibatlarida kognitiv faoliyatni o‘rganishda qiyosiy yondashuvlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv buzilishlarni aniqlash uchun moslashtirilgan test» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 avgustidagi 8n-d/185-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma intellektual buzilishlarning asosiy turlarini va inqirozga uchragan 5-6 yoshli bolalarning rivojlanishdagi o‘qish darajasini aniqliligini oshirishga va tezlashtirishga imkon bergan;
bolalardagi MATPSh kognitiv buzilishlarini tashxislashni optimallashtirish tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahridagi U.K.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-nevrologik kasalxonasi va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar moslashtirilgan test natijalarining kiritilishi 5-6 yoshli bolalar rivojlanishidan salbiy og‘ish darajalari va intellektual buzilishlar asosiy turlarini aniqligini oshirish va tezlashtirishga yordam bergan.