Maxmudova Nargiza Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Charl`z Dikkens ijodida tarbiya romani janri tipologiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil47.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Baxodir Sodiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Nizamova Munira Nizamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz adabiyotida tarbiya romani janri tipologiyasini o‘ziga xos badiiy-estetik hodisa ekanligini asoslash va Ch.Dikkens ijodida tarbiya romani janrining turlari va ularning xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiya romani janrini tipologik tavsiflash metodikasini ishlab chiqish asosida asosiy (g‘oyaviy-mazmuniy) va o‘zgaruvchan (shakliy) belgilar aniqlangan va XIX asr ingliz adabiyotida mavjud invariantlar tasniflangan;
Charlz Dikkensning adabiy merosiga oid tanqidiy adabiyotlar tahlili natijasida muallif ijodiy imkoniyatlari tarbiya romani janri doirasida adabiy-estetik jihatdan yoritilgan;
yozuvchi ijodida tarbiya romani tipologiyasining kompleks tadqiqi asosida 1) bolalik; 2) parallel; 3) XIX asrning “robinzonadasi”; 4) avtobiografik; 5) klassik janr turlari ajratilgan va ularning tipologik mushtarakligi dalillangan;
yozuvchi tarbiya romanlarining o‘ziga hos badiiy-tipologik xususiyatlari janrning adabiy uzviyligi va Dikkens ijodining turli bosqichlarida falsafiy-estetik qarashlaridagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Charl`z Dikkens ijodida tarbiya romani janri tipologiyasi va uning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
badiiy matnlar tahlilida qo‘llanaladigan qiyosiy-tipologik yondashuvning nazariy va amaliy ma’lumotlaridan xamda tarbiya romani janrining tipologiyasining metologik tamoyillari bo‘yicha amalga oshirilgan tahlil natijalaridan OT-A1-018 raqamli “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik. O‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-1780-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan darslik, o‘quv-metodik majmualar va ularning elektron nushalarini boyitishga xizmat qilgan;
ilmiy-adabiy terminlar muammosi tahlilida qo‘llanilgan nazariy va amaliy ma’lumotlardan hamda Ch.Dikkens ijodida tarbiya romani janrining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, uning romanlarining o‘ziga xosligi, janr qonuniyatlari va ijodkor uslubining uzviyligi, muallif badiiy mahoratini yoritishga doir ilmiy-nazariy qarashlardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta`minotini yaratish" nomli amaliy tadqiqot loyihasida samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-1780-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy material audioto‘plam mazmunining o‘zgartirilishiga turtki bo‘ldi xamda imkoniyati cheklangan talabalarga adib ijodining estetik xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini yaratildi;
qahramon obrazini yaratishda tasviriy vositalardan foydalanish usullari, Charl`z Dikkens shaxsiy uslubining o‘ziga hosligi, janr va ijodiy uslubning o‘zaro bog‘liqligi kabi nazariy va amaliy ma’lumotlaridan A-1-209 raqamli «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv asosida magistratura ixtisosliklari uchun nazariy fanlar bo‘yicha ingliz tilida darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarini va lingvistik atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lug‘atini yaratish» mavzuidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasining bajarilishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-1780-son ma’lumotnomasi). Natijada Charl`z Dikkens tarbiya romanlarining uslubiy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq tahliliy umumlashmalar loyiha doirasida yaratilgan darslik va lug‘atlarning takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
Ch.Dikkens tarbiya romanlari poetikasiga xos falsafiy-estetik badiiy xususiyatlardan biri adabiyot, madaniyat va odob-axloqning mushtarakligi kabi amaliy xulosalardan «Til millat ko‘zgusi» teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 27 noyabrdagi 01-13-2471-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv materiallari adibning asarlaridagi estetik va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitildi.