Alikabulov Shuxrat Abdumalikovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolardan foydalanib kompozision qurilish bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1895. 
Ilmiy rahbar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01. 
Rasmiy opponentlar: Sobirov Boxodir Boypulatovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft` qoldiqlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori sifatli kompozision qurilish bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori uglevodorodli mahalliy neft` qoldiqlarining kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
korroziyaga qarshi va tom yopish qoplamalari uchun mahalliy xomashyolarga asoslangan yangi qurilish bitumlari va ularning kompozisiyalari ishlab chiqilgan;
yuqori ekspluatatsion xususiyatlariga ega bo‘lgan mahalliy xomashyo asosida yangi tarkibga ega bo‘lgan qurilish bitumining tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlatilgan oqartiruvchi gil, neftshlami va fenol ekstrakti yordamida yangi kompozision qurilish bitumini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oqartiruvchi gil, neftshlami va fenol ekstrakti kompozision qurilish bitumining ekspluatatsion xususiyatlarining samaradorligini oshiradigan mahalliy arzon uglevodorod komponenti ekanligi aniqlangan;
yuqori samarali kompozision qurilish bitumlarini ishlab chiqarishda ishlatilgan oqartiruvchi gil, neftshlami va fenol ekstrakti birgalikda foydalangan holda birinchi marta sinergetik ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy neftshlami, ishlatilgan oqartiruvchi gil va fenol ekstraktlaridan foydalanib yangi kompozision bitum olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neftshlami, gil va fenol ekstrakti asosidagi kompozision qurilish bitumini ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 3 noyabrdagi 28-1-11-01-353-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy neftshlami, ishlatilgan oqartiruvchi gil va fenol ekstrakti asosida yangi kompozision qurilish bitumini ishlab chiqishda  iqtisodiy samaradorlikni 30% ga oshirish imkonini bergan;
neftni qayta ishlash komponentlari bo‘lgan neftshlam, ishlatilgan oqartiruvchi gil va fenol ekstraktlaridan olingan yangi kompozision qurilish bitumini olish texnologiyasi «O‘zneftmahsulot» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 3 noyabrdagi 28-1-11-01-353-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kompozision qurilish bitumiga qo‘shimcha sifatida ishlatishda BN-90/10 va BN-70/30 markali qurilish bitumini tejash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish