Egamberdiev Fazliddin Otakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mashinada terilgan paxtaning tolasini samarali tozalash uchun takomillashtirilgan tola tozalagichni ishlab chiqish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga  dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1463.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shinnikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ismoilov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mashinada terilgan qiyin tozalanuvchan paxtaning tolasini samarali tozalash texnologiyasini ta’minlaydigan  takomillashtirilgan tola tozalagichning texnologik va konstruksion parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi arrali silindrda tolaning kerakli qalinlikda bo‘lishini ta’minlash uchun  yangi konstruksiyali yo‘naltiruvchi moslama yaratilgan; 
tozalash modulidagi tola harakati davomida birinchi arrali silindrda tozalangan tola ilashuvchanligi va yo‘qolishini oldini olish uchun yo‘naltiruvchi moslama bilan birinchi arrali silindrning tolaga o‘zaro ta’sirining modeli ishlab chiqilgan; 
shaxmat shaklida joylashgan arralarga ega bo‘lgan birinchi va ikkinchi arrali silindrlarda tola harakatining nazariy jarayoni ishlab chiqilgan;
tozalagichning tozalash samaradorligini va tolaning sifatini oshirishda birinchi va ikkinchi arrali silindrdagi arralarning bir-biriga nisbatan joylashuvidagi oraliq masofasining muqobil kattaligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash korxonalarida qo‘l va mashina yordamida terilgan paxta tolasini tozalashda tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta tolasini tozalash texnologiyasi va uskunasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatining Zarbdor paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 28 avgustdagi 03-18/2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va past navli mashina va qo‘l bilan terilgan paxta tolasini tozalashda tozalagichning tozalash samaradorligini 4,5% va 2,5% ga oshirish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan ikki barabanli tola tozalagichi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatining Zarbdor paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 28 avgustdagi 03-18/2212-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va past navli mashina va qo‘l bilan terilgan paxta tolasini tozalashdan ishlab chiqarilgan toladagi nuqsondor tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,16% va 0,1% ga kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan tola sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish