Ashurov Alisher Abdimavlanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalari kommunikativ chet tili kompetensiyasining shakllanishida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped200.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Madina Ataxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida texnika bakalavr talabalari kommunikativ chet tili kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul` ta’limi tizimida talabalarning kommunikativ chet tili kompetensiyasini oshirishda mashinasozlik sohasiga oid terminlarni umumiydan xususiy tomon kategoriyalashtirishning samarali mexanizmi ilmiy-nazariy dalillar asosida isbotlangan;
mashinasozlik sohasiga oid terminlarni o‘qitishda aniqlash, tasniflash, tizimlashtirish, taksonomiya, intensivlik va assimilyasiya kabi o‘qitish texnologiyalarining didaktik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul` tizimiga o‘tishda mashinasozlik sohasiga oid terminlarning adaptiv va reproduktiv usulda o‘qitish tarkibiy-funksional tahlil orqali takomillashtirilgan;
kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv keyslari va o‘quv loyihalari integratsiyasi asosida mashinasozlik sohasiga oid terminlarni o‘qitishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnika oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalari kommunikativ chet tili kompetensiyasining shakllanishida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
ilmiy-nazariy dalillar asosida isbotlangan kredit-modul` ta’limi tizimida talabalarning kommunikativ chet tili kompetensiyasini oshirishda mashinasozlik sohasiga oid terminlarni umumiydan xususiy tomon kategorialashtirishning samarali mexanizmiga oid xulosa va ma’lumotlaridan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 89-03-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif mashinasozlik sohasiga oid terminlarning tipologik tasnifi o‘quv-uslubiy majmualar mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilgan mashinasozlik sohasiga oid terminlarni o‘qitishda aniqlash, tasniflash, tizimlashtirish, taksonomiya, intensivlik va assimilyasiya kabi o‘qitish texnologiyalarining didaktik ta’minotiga oid xulosa va ma’lumotlardan OT-F8-062-raqamli “Til taraqqiyotning derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 89-03-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda sohaviy leksikografik malakalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
kredit-modul` tizimiga o‘tishda tarkibiy-funksional tahlil orqali takomillashtirilgan mashinasozlik sohasiga oid terminlarning adaptiv va reproduktiv usulda o‘qitishga oid xulosa va ma’lumotlardan OT-A1-118-raqamli “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 89-03-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashinasozlik sohasiga oid terminlarning tarkibiy-funksional tahlil usullari takomillashtirilgan;
kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv keyslari va o‘quv loyihalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan mashinasozlik sohasiga oid terminlarni o‘qitishning metodik ta’minotiga oid xulosa va ma’lumotlaridan OT-F8-062-raqamli “Til taraqqiyotning derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 89-03-690-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashinasozlik sohasiga oid terminlarni o‘qitish texnologiyasi kredit-modul` tizimi asosida takomillashtirilgan.