Uzoqov Asliddin Mehritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholash», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped308.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bosqichlari yosh davrlariga ko‘ra malakaviy talablar (dastlabki tasavvurlar, mas’uliyat, ruhan va jismonan tayyorlik, yetakchilik, intellektual salohiyat, sog‘lom turmush tarzi)ni belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholash bo‘yicha indikatorlar (dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish) tarbiyaviy ishlar samaradorligiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
vatanparvarlik darajasining diagnostik mezonlari yoshlarning fuqarolik e’tiqodi va harbiy vatanparvarlikka oid testologiya ko‘rsatkichlari tarkibini kengaytirish (tushunchalarning shakllanganligi, faoliyatli-natijaviy elementlarni kiritish) asosida ishlab chiqilgan;
vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholashga oid metodik tavsiyalar diagnostik faoliyat yo‘nalishlari (tayyorlov, tashkiliy, baholash, axborotlar ishlovi va tahlili, pedagogik konsiliumlar) mazmunini yoritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bosqichlarini yosh davrlariga ko‘ra malakaviy talablar (dastlabki tasavvurlar, mas’uliyat, ruhan va jismonan tayyorlik, yetakchilik, intellektual salohiyat, sog‘lom turmush tarzi), vatanparvarlik darajasini pedagogik tahlil qilish funksiyalari, dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar samaradorligiga oid takliflardan 2014-2015 yillarda bajarilgan “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timedia o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari tahsil oluvchilari orasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish orqali talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
vatanparvarlik darajasining diagnostik mezonlari, yoshlarning fuqarolik e’tiqodi va harbiy vatanparvarlikka oid testologiya ko‘rsatkichlar tarkibini kengaytirish (tushunchalarning shakllanganligi, faoliyatli-natijaviy elementlarini kiritish)ga oid takliflar asosida “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-99-son ma’lumotnomasi). Ushbu ta’lim standartlari o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirish, o‘quv natijalarini kvalimetrik tahlil va monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholashga oid metodik ta’minotni takomillashtirish, diagnostik faoliyat yo‘nalishlari (tayyorlov, tashkiliy, baholash, axborotlar ishlovi va tahlili, pedagogik konsiliumlar) mazmuniga oid takliflar oliy ta’lim muassasalarida “Taktik tayyorgarlik”, “Harbiy vatanparvarlik asoslari” o‘quv kurslarini o‘qitish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 89-03-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Talabalarda vatanparvarlik darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik tahlil qilish va baholash” nomli metodika ta’lim jarayoniga joriy etilib, o‘qitish sifatini doimiy korreksiyalash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.