Mallabaev Odiljon Toxirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftni qayta ishlash korxonalaridagi aylanma suvlarni tozalash va yumshatish jarayonlarini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K302. 
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdugaffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02. 
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Erkabaev Furqat Il`yasovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aylanma sanoat suvlarini kolloid kimyoviy xususiyatlarini hisobga olib ularni yumshatish va mexanik aralashmalardan tozalash uchun samaradorli texnologiya ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aylanma sanoat suvlarining qattiqligini 47 mg-ekv/l dan 2,2 mg-ekv/l ga kamaytirishning maksimal samarasi va yumshatish uchun eng maqbul reagent nisbati (0,1%) aniqlangan;
sanoat suvlari tarkibidagi qattiq zarrachalarning dispersligi va yopishqoqligi hamda ularning gravitatsiya maydonida cho‘kish tezliklari aniqlangan;
jarayon samaradorligining bosimga, gidravlik qarshilikga, reagent nisbati va boshqalarga korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
mayda dispersli va yirik qattiq zarrachalarni ajratishning 99,9% gacha ta’minlab beruvchi kompleks usul ishlab chiqildi va turli o‘lchamdagi 5 mkm dan 500 mkm gacha bo‘lgan qattiq zarachalarni cho‘kish tezliklari aniqlangan; 
texnik aylanma suvlarni yumshatish, mayda va yirik dispers zarrachalardan tozalash jarayonining maqbul rejim-konstruktiv  ko‘rsatgichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aylanma sanoat suvlarini yumshatish va mexanik aralashmalardan tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kollektor suvlarini mexanik qo‘shimchalardan tozalash texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 11-sentyabrdagi 03/17-5/20-18A-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik almashinish qurilmalarining ichki yuzalarida qotib qolgan doshqollar hisobiga oshadigan gidravlik qarshilikni engish uchun ketadigan energiya sarfi qisqartirish imkonini beradi; 
sirkulyasion texnik suvlarni yumshatish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 11-sentyabrdagi 03/17-5/20-18A-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftgazkondensati aralashmalarini sovitish uchun ishlatiladigan suvlarning sifat ko‘rsatgichlari yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish