Qarshieva Dilafro‘z Suyunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog shaxsida kasbiy stress vujudga kelishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P149.
Ilmiy rahbar:Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedgogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sirliev Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagog shaxsida ¬kasbiy stressning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlarni bartaraf etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy stress namoyon bo‘lishining psixologik stressdan farqli ravishda pedagogik ish stajiga bog‘liq dinamik xususiyatlari pedagoglarda “Kasbiy stress darajasini aniqlash shkalasi” metodikasining modifikatsiyalangan shakli orqali aniqlangan;
pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorligi va pedagogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni kasbiy stress namoyon bo‘lishiga ta’sirini aniqlashning diagnostik imkoniyatlari “Shaxsning pedagogik faoliyatga tayyorgarligi va adaptivligini baholash metodikasi” va “Jamoaning o‘zini o‘zi ijtimoiy-psixologik baholashi” so‘rovnomasini milliy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
pedagoglarda psixoemotsional holsizlanish (surunkali jismoniy va psixik charchoq), depersonalizatsiya (shaxs o‘z-o‘zini idrok qilish jarayonining buzilishi, pedagogning o‘z shaxsiga nisbatan qadrsizlarcha munosabat), kasbiy motivatsiyaning pasayishi kabi stressogen omillarning ta’sirini kamaytirish orqali kasbiy stressga barqarorlikni shakllantirishga qaratilgan “O‘zingga ishon” treninglar majmuini qo‘llash imkoniyati koping-xulq strategiyalarini rivojlantirish asosida kengaytirilgan;
pedagoglarda kasbiy stressni bartaraf etishga qaratilgan psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlar shaxs psixoemotsional holatining kuchli va zaif tomonlarini baholash pedagogning ijtimoiy-kognitiv, emotsional, motivatsion sohalariga ta’sir etishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlarini SWOT tahlili texnologiyasi asosida ishlab chiqish orqali rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagoglarda kasbiy stress vujudga kelishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kasbiy stress namoyon bo‘lishining psixologik stressdan farqli ravishda pedagogik ish stajiga bog‘liq dinamik xususiyatlari pedagoglarda “Kasbiy stress darajasini aniqlash shkalasi” metodikasining modifikatsiyalangan shakli orqali aniqlangan pedagogik erudisiya, improvizatsiya qilish qobiliyati, shaxslararo munosabatlarda o‘zaro bir-birini tushunish darajasiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 3-son buyrug‘iga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog psixologlarning pedagog shaxsi hamda pedagogik faoliyat bilan bog‘liq kasbiy stress haqidagi bilimlarini takomillashtirish orqali ularning kasbiy kompetentlik darajasining ortishiga erishilgan;
pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorligi va pedagogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni kasbiy stress namoyon bo‘lishiga ta’sirini aniqlashning diagnostik imkoniyatlari “Shaxsning pedagogik faoliyatga tayyorgarligi va adaptivligini baholash metodikasi” va “Jamoaning o‘zini o‘zi ijtimoiy-psixologik baholashi” so‘rovnomasini milliy qadriyatlarga moslashtirish asosida berilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 3-son buyrug‘iga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ishda keltirilgan takliflarni amaliyotga tadbiq etish natijasida Markazdagi laboratoriyalar ilmiy-metodik ta’minotining boyitilishiga va pedagog-psixologlarning kasbiy stress namoyon bo‘lishini prognozlash imkoniyatini beruvchi ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
pedagoglarda psixoemotsional holsizlanish (surunkali jismoniy va psixik charchoq), depersonalizatsiya (shaxs o‘z-o‘zini idrok qilish jarayonining buzilishi, pedagogning o‘z shaxsiga nisbatan qadrsizlarcha munosabat), kasbiy motivatsiyaning pasayishi kabi stressogen omillarning ta’sirini kamaytirish orqali kasbiy stressga barqarorlikni shakllantirishga qaratilgan “O‘zingga ishon” treninglar majmuini qo‘llash imkoniyati koping-xulq strategiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 3-son buyrug‘iga asosan “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning “emotsional tolerantlik”, “kasbiy stressga barqarorlik”ni rivojlantirish borasidagi kasbiy kompetensiyalari takomillashtirilgan;
pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida shaxs psixoemotsional holatining kuchli va zaif tomonlarini baholab borishi uchun SWOT tahlili texnologiyasiga asoslangan pedagogning ijtimoiy-kognitiv, emotsional, motivatsion sohalariga ta’sir etishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlarini ishlab chiqish orqali pedagoglarda kasbiy stressni bartaraf etishga qaratilgan psixoprofilaktik va psixokorreksion takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 3-son buyrug‘iga asosan “Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya” moduli mavzulari mazmunini optimallashtirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3a-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amalda qo‘llanilishi natijasida amaliyotchi psixologlarning pedagoglar jamoasi bilan kasbiy stressni bartaraf etishga qaratilgan psixokorreksion tadbirlarni olib borish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv-uslubiy ta’minot bazasini optimallashtirishga erishilgan.